AQŞning Kaliforniya ştatida 70 yoşli mahbus Kreyg Kouli ozodlikka çiqarildi. U qöş qotillik uçun aybdor deb topilib, qamoqxonada 39 yil ötirgan. Ştat gubernatori Jyerri Braun yangi suriştiruvdan söng uni afv etgan: suriştiruvga köra sudlanuvçini ayblaş uçun dalillar yetarli bölmagan.
Kreyg Koulini 24 yoşli Ronda Uiçt va uning 4 yoşli öğli Donaldning öldirilişida ayblab, sudlangan edi. Öldirilganlarning jasadi ularning Kaliforniyadagi Simi-Velli şaharçasidagi uyidan 1978 yilning 11 noyabrida topilgandi. Ronda Uiçtning nomusiga tajovuz qilingan, kaltaklangan va makrame töqiş uçun möljallangan arqon yordamida böğib öldirilgan edi. Uning öğli ham böğilgan.
Kouli Ronda Uiçt bilan ikki yilça uçraşib yuradi va qotillikdan biroz avval munosabatlariga nuqta qöyişadi. Uni jasadlar topilgan kuniyoq gumonlanuvçi sifatida hibsga olişadi.
1979 yilda sud bölib ötadi va unda sud maslahatçilarining ovozi bölinadi. Yangi sud majlisi e'lon qilinadi va 1980 yilning yanvarida Kreyg Kouli aybdor deb topiladi. Unga muddatidan oldin ozod qiliniş huquqisiz umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Apellyatsiya sudi hukmini öz kuçida qoldiradi.
Qoralovçi tomon sudda qotillik yuz bergan tunda Ronda Uiçt uyi oldida Kreyg Koulinikiga öxşaş maşinani körişganini rökaç qiladi. Uning uyida tintuv ötkazilganida qon doğlari bölgan soçiq va futbolka topiladi. Prokuror ham sudda Ronda Uiçt u bilan aloqalarni bas qiliş haqida gapirganidan söng Kouli tuşkunlikka tuşib qolganini ta'kidlaydi.
Ayblanuvçining advokatlari ming şikoyat qilişmasin, politsiya qolgan uç gumondorni tekşirib ham ötirmaydi. Ronda Uiçtning oyisi Kreyg Kouliga xuddi öğlidek munosabatda bölgani, boşqa guvohlar esa u Donald Uiçtga ikkinçi otadek bölganini tasdiqlaşadi.
Ronda Uiçt va öğlining öldirilişi bilan boğliq yangi suriştiruvlar 2016 yilning oktabrida boşlanadi. Öşanda Simi-Velli politsiyasi rahbari Devid Livingston iste'fodagi detektiv Mayk Bender bilan suhbatlaşib qoladi va u voqeani esga olib, Kreyg Koulining aybdorligiga şubha qilişini bildiradi. Suriştiruv mobaynida ilgari yöqolib ketgan yoki yöq qilingan deb hisoblangan, lekin xususiy laboratoriyada saqlanib kelinayotgan biologik namunalarning DNK tahlili ötkaziladi.
Ekspertizaning körsatişiça, saqlanib kelinayotgan namunalarda Kreyg Koulining DNKsi izlari yöq, lekin boşqa insonlarniki topilgan. Ularning şaxsi aniqlangani yoki yöqligi haqida politsiya heç narsa ma'lum qilmagan.


















