Qirğizistonning yangi prezidenti Sooronbay Jeenbekov davlatning avvalgi rahbari Almazbek Atamboyevga respublika Qahramoni unvonini beriş niyatida, deb xabar qilmoqda «Interfaks».

«Qirğizistonga fidokorona xizmatingiz va uzoq köra bilişingiz tufayli siz Qirğiziston Qahramoni oliy unvoniga va «Ak-Şumkar» (Oq loçin) kökrak nişoni bilan mukofotlanişga loyiqsiz», - deya aytib ötdi Jeenbekov inauguratsiya marosimidagi nutqida.

Qirğizistonning yangi prezidenti sözlariga köra, Atamboyevga xalq nomidan uşbu unvonni topşiriş uning uçun katta şarafga aylanadi.

Jeenbekovning qayd etişiça, prezident lavozimidagi ilk farmoni Atamboyevning mukofotlanişi haqida böladi.