Samarqand viloyati dehqonlarining yil böyi yetiştirilgan hosilni sarhisob qilib, xalq sayli uyuştirildi. Erta tongdan şahar çetidagi eşkak eşiş kanaliga xalq oqib kela boşladi. Saylga şoşayotganlar orasida yoşu qari, erkagu ayol, yoşlar, talabalar va öquvçilarni uçratiş mumkin edi.

Samarqandliklar bu qadar yirik sayl yaqin örtada bölganini eslaşa olmaydi. Ön minglab insonlar tomoşa qiliş, hordiq çiqariş uçun bayramga kelişdi.

Eşkak eşiş kanali atrofida har bir tuman öziga ajratilgan maydonda turli körgazmalar, yarmarkalar taşkil etişgan. Yasalgan sahnalarda donği çiqqan hofizlar xoniş qilib turişar, folklor dastalari şöx va xalqona qöşiqlari bilan muxlislar olqişini olişdi. Doşqozonlarda esa oş va boşqa tansiq taomlar tayyorlanayotgan edi. Dasturxonlar pişiriqlaru noz-ne'matlarga töla, istagan inson bemalol ötirib, suhbatlaşib tamaddi qilib ketişi mumkin.

Sayl davomida turli sport va köngiloçar musobaqalar taşkillaştirildi. Kuraş musobaqasida gilam, velosiped, televizor, sarka va hattoki tuyagaça zot tikilib, respublikamizning turli göşalaridan kelgan polvonlar bel boğlab maydonga çiqişdi.

Hosil bayramining tantanali qismini kiriş sözi bilan oçar ekan viloyat hokimi Turobjon Jörayev pilla, ğalla, meva-sabzavotlar yetiştirişda möl hosilga erişilgani, paxtani davlatga sotiş rejasi respublikada birinçi bölib bajarilganiga urğu berib, prezident Ş.Mirziyoyevning samimiy tabriklarini viloyat ahliga yetkazdi.