Hammada omadsiz kunlar bölib turadi. Asosiysi — tuşkun kayfiyatga berilmaslik va çalğiy oliş. "Layfxaker" şunday damlarda sizga yordam berişi mumkin bölgan usullar bilan bölişdi.

1. Tetiklaştiruvçi pley-list

Sizga zavq bağişlovçi treklardan iborat pley-list tuzing. Heç qanday melanxoliya bölmasin: ma'yus musiqa busiz ham  kayfiyati yöq insonning dilini xira qiladi.

2. Jismoniy faollik

Ruhiy va jismoniy soğliq örtasidagi boğliqlikni yodda tuting. Amerika psixologiya assotsiatsiyasi psixoterapiya sxemasiga jismoniy maşqlarni qöşişni tavsiya qiladi. Şunday ekan, raqsga tuşing, sakrang, yengil maşq qiling: endorfinlarni işlab çiqariş uçun har qanday jismoniy faollik turi töğri keladi.

3. Döstga qönğiroq

Hoynahoy döstlaringiz bilan messenjerlar orqali xabarlaşib tursangiz kerak - öşa yerga yozing: qöllab-quvvatlovçi sözlar, hazillar va ajoyib stikerlar vaziyatni töğirlaydi. Eng yaxşisi - yaqinlaringizga qönğiroq qilib, ular bilan uçraşiş. Yoqimli ijtimoiy munosabatlar bizga yanada zavq bağişlaydi.

4. Kuliş uçun sabab

Döstlaringiz tezkor amaliy yordam körsata olişmasa, kulgi istab Telegram'ga murojaat qiling. Butun internet memlari kanali - LaQeque'ni varaqlang, «Poglad kota» kanalida hayotiy qiyin vaziyatda qolgan muşuklarga qarang yoxud turli latifa kanallariga a'zo böling.

5. Oddiy maqsadlar

Yomon kayfiyat va apatiya kuç-quvvat va işdagi samaradorlikdan mahrum qiladi. Özingizdan jahlingiz çiqmasin: agar kuningiz oddiy ötsa, önta murakkab iş örniga uç oddiy işni rejalaştiring. Kiçik bölsa-da, maqsadga erişiş özingizdan qoniqiş hosil qiliş hissini qaytaradi.

6. Yaxşi film