Samarqand viloyat matbuot markazida «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi tomonidan 2017–2018 yillarning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik böyiça olib borilayotgan işlar yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi. Anjumanda jurnalistlar, elektr energiyasi ta'minoti korxonalari xodimlari va tumanlardan vakillar iştirok etişdi.

Anjumanni «Özbekenergo» AJ boşqaruvi raisi örinbosari Röziqul Rayimov kiriş sözi bilan oçdi.

R.Rayimov viloyatda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik körilayotgani yuzasidan transformator podstansiyalari yangilanayotganini aytib ötdi. Jumladan, «Çöponota» podstansiyasiga ikkita 200 MVtlik yangi transformator podstansiyasi örnatilgani, Samarqand şahrida magistral elektr tarmoqlari uçun ikkita 200 MVtlik yangi transformator örnatilgani ta'kidlandi.

Kattaqörğon hududida ham xuddi şu quvvatdagi transformator podstansiyasi keltirib, örnatiş loyihalaştirilayotganini aytib ötdi. Magistral elektr tarmoqlari töliq yangi transformator podstansiyalari bilan jihozlanib bölgaç, elektir energiyasi uzatişda umuman uzilişlar bartaraf etilişi ta'kidlandi.

«Galdagi vazifa Samarqand tumani – Afrosiyob hududi tarmoqni yangilaş böladi. U yerga 2 ta 40 MVtlik transformator örnatildi. Yana bir oğir hudud, keyingi yillarda elektrsizlikdan qişda juda qiynalgan tuman — Urgut tumanidir. Urgutda erkin sanoat zonasini uzluksiz tok bilan ta'minlaş uçun bitta transformator işlab turgan edi. Loyihalaştiriş ikkita alohida yangi 25 MVtlik transformator podstansiyasi 10 dekabrgaça işga tuşiriladi», — dedi Röziqul Rayimov.

«Samarqand şahridagi «Boğişamol» va Narpay tumanida esa «Tinçlik» podstansiyalari yangi 4 MVtlik podstansiyalarga almaştirilmoqda. Yillar davomida bunday katta hajmdagi iş qilinmagan edi. Viloyatda 8 ta yirik transformator podstansiyasi butkul yangisiga almaştirilmoqda».

«Samarqand viloyatida uluksiz elektr energiyasi ta'minoti böladimi?» degan savolga javob berişimiz kerak. Albatta, bunga erişsa böladi, lekin qars ikki qöldan çiqişini unutmasligimiz lozim. Aholi ham iqtisod qiliş, energiya tejovçi lampalardan foydalaniş, tölovlarni vaqtida amalga oşiriş kabi çoralar bilan peşvoz çiqişi kerak.

Yaqinda Prezidentimiz bu sohada yana bir muhim qarorni imzoladi. Ikki stavkali tariflar borasida. Bizda eng qiynalayotgan qatlam aynan aholi qatlami. Çunki katta-katta zavodlarimiz, işlab çiqaruvçi korxonalar uzluksiz, töliq elektr energiyasi bilan ta'minlanadi. Eng köp elektr energiyasi sarf qilinadigan soatlar keçki soat 6 dan 9 gaça, ertalabki soat 6 dan 8 gaça — mana şu 5 soatlik tiğiz vaqt içida elektr energiyasi bilan töliq ta'minlanişi kerak. Bu borada ham muayyan işlar amalga oşirib borilmoqda».