24 noyabrda Xalqaro Olimpiya qömitasi Soçida ötgan 2014 yilgi Olimpiada medallarini qölga kiritgan ikki rossiyalik sportçini antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topdi. Şunga köra, Soçi Olimpiadasining bobsley sport turi böyiça ikki karra çempioni Aleksandr Zubkov va konkiçilar örtasidagi musobaqalarning (500 metr) kumuş medali sohibasi Olga Fatkulinaning natijalari bekor qilindi. Bundan taşqari, ular Olimpiya öyinlarida iştirok etiş huquqidan umrbod mahrum etilişdi.

XOQning 2017 yil noyabrda çiqargan qarorlariga köra, Rossiya terma jamoasi umumiy hisobda 9 ta: 4 ta oltin, 4 ta kumuş va bitta bronza medalidan mahrum etildi. Bitta oltin medal rossiyalik çanğiçilar Aleksandr Legkov va Maksim Vilegjaninning natijalari bekor qilingandan keyin yana bir rossiyalik çanğiçi Ilya Çernousovga nasib qildi.

Şu tariqa, Rossiya Soçi Olimpiadasida umumjamoa hisobida qölga kiritgan medallar soni böyiça yetakçilikni qöldan çiqardi. Rossiyalik sportçilar umumiy hisobda 13 ta oltin medalni qölga kiritgandi, endi esa ular soni 10 tagaça kamaydi. Birinçi öringa Soçida 11 ta oltin medalni qölga kiritgan norvegiyaliklar kötarilib olişdi, Rossiya esa 3-öringa tuşib ketdi. 

XOQ tomonidan çetlatilgan rossiyalik sportçilar orasida, şuningdek, çanğiçilar Aleksandr Legkov va Maksim Vilegjanin; skeletonçilar Aleksandr Tretyakov va Yelena Nikitina ham bor.