Samarqand avtomobil zavodi — «SamAuto» MÇJda yubiley, öttiz minginçi avtomobilning tantanali çiqiş marosimi bölib ötdi. U SAZ HC45 rusumli, dvigateli siqilgan tabiiy gazda işlovçi avtobus böldi.
Konveyyerdan avtobusning tantanali çiqib keliş marosimi «SamAuto» zavodida zavodning texnik hamkorlari ISUZU Motors, Itochu Corparation «Özavtosanoat» AJ vakillari ommaviy axborot vositalari xodimlar iştirokida bölib ötdi.
KUN.UZ muxbirining voqea joyidan xabar qilişiça, yubiley modelning farqli jihati — bu model özbek konstruktorlari va injyenerlarining işlanmasi ekanligidadir. Avtobus konstruksiyasi siqilgan tabiiy gazda işlovçi avtomobillarga nisbatan joriy etilgan standartlarga töliq javob beradi.

Zavod siqilgan tabiiy gazda işlovçi avtomobillarni seriyali işlab çiqarişga 2014 yili kirişgan. 2014 yildan 2017 yilga qadar zavodda gazda işlovçi dvigatelga ega 2 mingdan ziyod maşina işlab çiqarilgan.

Samarqand avtomobil zavodi («SamAuto» MÇJ) — avtobuslar, yuk va maxsus avtomaşinalar işlab çiqaradigan zavoddir. Özining tijorat faoliyatini zavod 1999 yilda boşlagan. 2006 yilda «SamKoçAvto» QK «Samarqand avtomobil zavodi» («SamAuto» MÇJ) ga aylantirilgan va zavod Yaponiyaning ISUZU Motors Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlikni yölga qöygan. 2007 yilning yanvaridan zavodda ISUZU şassisi bazasida tijorat avtomobillari işlab çiqarilmoqda.
Öz muxbirimiz.
















