Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Misr yetakçisi Abdul-Fattoh As-Sisiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Misrning Sinay yarim orolida sodir etilgan terrorçilik harakati oqibatida köplab tinç aholi, xavfsizlik xodimlari qurbon bölganligi munosabati bilan uşbu mamlakat prezidenti Abdul-Fattoh As-Sisiga hamdardlik bildirdi», - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona Misr hukumati bilan zamonaviy dunyodagi tahdidlarga qarşi birgalikda kuraşişga tayyor ekanini ma'lum qilgandi. Şuningdek, u Sinay şimolida yuz bergan terakt tufayli ta'ziya izhor etdi.