Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga amalga oşirgan davlat taşrifidan söng mamlakatga qaytib keldi. Quyida uşbu tarixiy taşrif nimalar bilan yodda qolganini eslab ötamiz.

22 noyabr kuni Seul xalqaro aeroportida Özbekiston prezidenti şarafiga ikki davlat bayroqlari kötarildi, faxriy qarovul saf tortdi. Davlat rahbarini Koreya Respublikasining rasmiy şaxslari kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot markazi

Mirziyoyev 23 noyabr kuni ikki mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakçi işbilarmonlari iştirokidagi Janubiy Koreya –Özbekiston  biznes-forumida qatnaşdi. Prezident sözga çiqib, ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgani, Özbekistonda biznes yuritiş uçun yetarli şaroit va imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etdi, Özbekiston Koreya Respublikasi biznes vakillari bilan hamkorlik qilişdan manfaatdor ekanligini ta'kidladi.

Foto: Prezident matbuot markazi

Şavkat Mirziyoyev forumda qatnaşayotgan Özbekiston delegatsiyasi vakillariga murojaat qilgan. Prezident vazirlar, kompaniyalar, banklar va taşkilotlarning rahbarlarini birma-bir turgizib, ularga topşiriqlar bergan. Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqot qilişdagi xalqçil uslubi mezbonlarda katta taassurot qoldirdi. «Biz sizdan şunday, rahbar va tadbirkorlar örtasidagi muloqot uslubini örganamiz. Bugun siz bizga master-klass ötdingiz», degan Koreya delegatsiyasi vakillaridan biri.

Foto: Yonhap

Koreya prezidenti esa Özbekistonni Markaziy Osiyoning muhim davlati deb atadi. «Yangi siyosat doirasida, Yevroosiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qiliş uçun yangi komissiya tuzişni, şuningdek, iqtisodiy, transport va energetika singari turli sohalarda qöşma loyihalarni amalga oşirişni rejalaştirmoqdamiz. Uşbu reja markazida Markaziy Osiyoda muhim davlat sanaluvçi Özbekiston bor», – degan Mun Je In.

Şuningdek, davlat taşrifi davomida Koreya Respublikasida Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi prezidenti lavozimidagi faoliyatining birinçi yili haqida koreys tilida “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev” nomli kitob çop etilgani ma'lum böldi. 20 noyabr kuni naşr etilgan uşbu kitob 8 bölimni öz içiga olgan 320ta sahifa va köplab suratlardan iborat bölib, 50 ming nusxada çop etildi.

Foto: Prezident taşrifini yoritiş böyiça matbuot markazi

Şavkat Mirziyoyevning Seulga davlat taşrifi birinçi kuni 8,9 milliard dollarlik hujjatlar hamda kelişuvlarni imzolandi. Ma'lumotlarga köra, 75 ta hujjat imzolangan. Xususan, energetika va neftgazkimyo sohasida – 2,95 mlrd. dollarlik, bank-moliya sohasida – 2,7 mlrd. dollarlik, quriliş va infratuzilmani rivojlantirişda – 1,7 mlrd. dollarlik kelişuvlar imzolangan.

Şuningdek, davlat taşrifi mobaynida özaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning kengaytirilişiga qaratilgan bir neçta muhim kelişuvlarga erişildi. Bundan taşqari, ikki mamlakat vakillari örtasida turli darajadagi şartnoma va memorandumlar imzolandi.

Foto: Prezident matbuot markazi

Taşrif doirasida ikki mamlakat hukumatlari örtasida Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga qabul qilinişida, xususan, mazkur taşkilotga a'zo bölişning natijasini baholaş, milliy qonunçilikning JST kelişuvlari talablariga mosligi ekspertizasi hamda texnik, konsultativ va manfaatdor vazirlik va taşkilotlarga mutaxassislar kömagini beriş yöllari orqali Koreya Respublikasining qöllab-quvvatlaşi böyiça memorandum va Yöl xaritasi imzolandi.

Koreys bozoriga yuqori qöşimça qiymatli mahsulotlar eksporti hajmini oşiriş maqsadida Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) va Koreya nodir metallar instituti bilan Özbekiston Respublikasida Nodir metallar va qotişmalar ilmiy-tadqiqot Markaziga asos soliş böyiça şartnoma tuzildi.

23 noyabr kuni Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi mustaqilligi yölida jon fido qilgan qariyb 170 ming odam xoki qöyilgan Milliy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi. Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari vatanparvarlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, yodgorlik poyiga gulçambar qöygan. 

Şavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Seul şahrida BMTning sobiq boş kotibi Pan Gi Munni qabul qildi. Samimiy va oçiq ruhda ötgan muloqotda davlat rahbari Pan Gi Mun BMTga Boş kotiblik davrida Özbekiston bilan BMT hamkorligida samarali loyihalar amalga oşirilganini yodga oldi. Pan Gi Mun Şavkat Mirziyoyevga Özbekiston va Janubiy Koreya örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga qöşayotgan hissasi uçun minnatdorlik izhor qilgan.

Foto: Prezident matbuot markazi

Şuningdek, Mirziyoyev 24 noyabr kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Çon Se Gyun bilan uçraşdi. Spiker davlat rahbarini qutlar ekan, Janubiy Koreya va Özbekiston örtasidagi döstlik va strategik munosabatlarni yanada mustahkamlaş keng kölamli hamkorlikni kengaytirişda muhim örin tutişini ta'kidladi. Prezident Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi faoliyati bilan tanişdi.

Foto: Prezident matbuot markazi

Prezident Koreya Respublikasi poytaxti meriyasiga ham taşrif buyurdi. Şavkat Mirziyoyev faxriy mehmonlar kitobiga özining tilaklarini yozib qoldirdi. Uçraşuvda Özbekiston bilan Janubiy Koreyani döstlik riştalari, özaro manfaatli hamkorlik va strategik şeriklik munosabatlari mustahkam boğlab turgani alohida ta'kidlandi. Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevga Seul şahrining faxriy fuqarosi unvonini berişga bağişlangan marosim bölib ötdi. Davlat rahbari xalqlarimiz örtasidagi döstlik ramzi sifatida Toşkent şahrida Seul köçasini taşkil qiliş taklifini bildirdi. Prezident Şavkat Mirziyoyevga Seul şahri faxriy fuqarosi unvoni tantanali topşirildi.

Foto: Prezident matbuot markazi

«Biz Özbekistonda sizlarning muvaffaqiyat tarixingizni sinçiklab örganmoqdamiz. Özbekistondagi islohotlar ham öz vaqtida Koreyada bölgani kabi, şunday intensiv sur'atda ketişiga harakat qilmoqdamiz», - deya aytib ötdi prezident Mirziyoyev. Özbekiston prezidentining ta'kidlaşiça, Seul, uning arxitekturasi, transport tizimi, tozaligi juda ham yoqqan. «Şu kunlar davomida men Seul, Koreya va uning xalqiga bölakça mehr qöydim», - deya aytib ötdi prezident.

Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga davlat taşrifi doirasida Koreya Respublikasi boş vaziri Li Nak Yon bilan ham uçraşdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Boş vaziri Li Nak Yon bilan uçraşuvda erişilgan kelişuvlarni amaliyotga izçil tatbiq qiliş, yangi loyihalar ustida hamkorlik aloqalarini yanada takomillaştiriş masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot markazi

Şu bilan Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tarixiy buriliş yasovçi davlat taşrifi öz yakuniga yetdi. Tahlilçilarning fikriga köra, mazkur davlat taşrifi Özbekiston va Koreya örtasidagi munosabatlarni yangi sifat bosqiçiga kötaradi.