Şveytsariyaning Empa tadqiqot instituti va Jyeneva universiteti kimyogarlari yuqori işonçlilik va xavfsizlik darajasini saqlagan holda, köproq energiya töplaşga qodir qattiq natriy batareya prototipini işlab çiqişdi. Şu bilan birga, u litiy batareyalardan arzonroq hamdir. HiTech şu haqida xabar berdi. 

Batareyaning işlaşi uçun 3 komponent kerak: anod, katod va elektrolit. Zamonaviy akkumulyatorlarning aksariyati litiy ionidan foydalanadi. Batareya quvvat olayotganida ular katoddan anodga qarab harakatlana boşlaydi. Qisqa tutaşuv keltirib çiqaruvçi mikroskopik kristall qöşimçalar - dendritlar hosil bölişining oldini oliş uçun - anodlarni köproq quvvat oliş imkonini beruvçi litiydan emas, grafitdan qilişadi.

Şveytsariyalik olimlar yuqori quvvat va xavfsizlikka ega batareyani işlab çiqiş uçun qattiq elektrolitning ustuvor jihatlaridan foydalanişga qaror qilişdi. Bundan taşqari, uşbu qaror dendritlar hosil bölişidan qörqmay, metalldan anod tayyorlaş imkonini beradi. 

Biroq olimlar oldida notoksik, kimyoviy va termik jihatdan barqaror bölgan va natriyga anod hamda katod örtasida oson harakatlaniş imkonini beruvçi qattiq ionlar ötkazuvçisini tanlaş muammosi ham turardi. Şu tariqa natriy ionlariga erkin harakatlaniş imkonini beruvçi bor asosidagi modda topilgan. U noorganik ötkazuvçi bölgani bois yoniş xavfi yöqoladi. 

Şuningdek uç qatlam birikmasida ham murakkablik yuzaga keldi: natriydan anod, natriy oksididan katod va bor asosidagi birikmalardan elektrolit hamda xrom. Buning uçun kukunsimon natriy oksidi va xromni qöşiş oldidan elektrolitning bir qismini eritişga töğri keldi. Aralaşma buğlanişi bilan tadqiqotçilar katodni elektrolit va anod bilan biriktirişdi va ulardan batareya hosil qilişdi. 

Sinovlar davomida batareyaning elektrokimyoviy barqarorligi tasdiqlandi: u odatda boşqa qattiq elektrolitlarga ziyon yetkazuvçi 3 voltli bosimga bardoş berdi. 250 zaryad siklidan söng uning siğimi boşlanğiç darajadan 85 foizgaça pasaydi.

"U bilan bozorga çiqişdan oldin bu körsatkiçni 1200 siklga yetkaziş kerak, - deyişmoqda olimlar. - Bundan taşqari, bosim kuçayganda dendritlar hosil böladimi yoki yöqligini biliş uçun uni xona haroratida sinaş kerak böladi. Bu tajribalar hali oldinda".