Tojikiston va Özbekiston örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar transçegaraviy daryolarni boşqariş sohasidagi hamkorlikning yöqligi tufayli hamon murakkab bölib qolmoqda. Bu haqda Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi va ADELPHI kompaniyasi tomonidan «Markaziy Osiyo böyiça suv muammosini qayta körib çiqiş: harakatsizlik zarari va suv böyiça hamkorlik ustunligi» Blue Peace Şveytsariya taşabbusi doirasida ötkazilgan qöşma tadqiqotda aytiladi.
Ta'kidlanişiça, «bu Roğun GES töğonining qurilişi böyiça mamlakatlar pozitsiyasida yaqqol körinadi».
«Ötgan yili Mirziyoyev prezidentlik lavozimini egallagaç, keskinlik bir qadar yumşagan bölişiga qaramay, tomonlar muhokamalarda Özbekistonga kelayotgan suv hajmining kamayişi fakti hamda Özbekiston tomonidan beriladigan keyingi savollarni e'tiborga olişi kerak», - deya ta'kidlanadi tadqiqotda.
Tadqiqot mualliflarining fikriça, Roğun loyihasi böyiça muzokaralarga yönaltirilgan «siyosiy kapital» hisobga olingan holda, «har ikki tomon özini qoniqtirişi mumkin bölgan qarorning topilişidan manfaatdor, qöşma bölmagan pozitsiyalar esa kamida bir tomonga, katta ehtimol bilan, har ikki tomonga ham zarar yetkazadi», deya xabar beradi AP.
«Biroq, katta xarajatlarga olib keliş uçun, siyosiy keskinlikni beqarorlikka qadar olib keliş şart emas: hamkorlikning yöqligi ham dengizga çiqiş yöli bölmagan toğli Tojikiston uçun katta zarar keltiradi. Bu qöşni davlatlar bilan bir fikrning yöqligi sababli imkoniyatlardan töla foydalanmaslik hisobiga yuz beradi, hattoki boşqa iqtisodiy murakkabliklar va xavfsizlik muammolari ham ikkinçi öringa tuşib qoladi», - deyiladi tadqiqotda.
Tadqiqot mualliflari «1990-yillardagi fuqarolik uruşi tufayli vayron bölgan hamda siyosiy barqarorligi hamon omonat turgan» Tojikistonga qöşni davlatlar bilan yaxşi munosabatlar örnatişni tavsiya qilişgan.
Özbekiston Islom Karimov davrida Roğun GESning qurilişiga qat'iy qarşi çiqqan.
Mamlakat uşbu GESning qurilişi bilan daryolar suvi kamayib ketişini ma'lum qilgan, şuningdek, GES töğoni buziladigan bölsa, ekologik falokat xavfi bilan ogohlantirgan.
Şavkat Mirziyoyev prezident lavozimiga kirişgaç, rasmiy Toşkentning Roğunga nisbatan pozitsiyasi biroz özgardi: Özbekiston TIV rahbari joriy yilning yozida Özbekiston Roğun GES qurilişiga qarşi emasligi, faqat bu jarayonda Özbekiston milliy manfaatlari ham hisobga olinişi lozimligini ma'lum qildi.
Ayni damda Roğun GES qurilişi bilan Italiyaning Salini Impregilo kompaniyasi şuğullanmoqda.

















