Özbekiston va Qozoğiston temir yöllari ma'muriyati vakillari uçraşuv ötkazdi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» AJ matbuot xizmati ma'lum qildi.
«Özbekiston temir yöllari» AJ va «Kazikstan temir joli MK» AJ delegatsiyalari xalqaro yölovçi taşuvlarini taşkil etiş sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilişdi.
«Passajirskiye perevozki» AJ va «Öztemiryölyölovçi» AJ uçraşuvi kun tartibidagi masalalar orasida 2017 yildagi qöşma işlar yakunlari ham bor edi. Tomonlar iş samaradorligini oşiriş va ikki davlat örtasida temir yöl qatnovini rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qilişdi.
Uçraşuvda çiptani xarid qilişning imtiyozli tizimini qöllaş böyiça kelişuvga erişildi. Bunda uni avvaldan xarid qiliş muddati hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.
Temir yöl ma'muriyatlari vakillari ikki tomonlama özaro manfaatli hamkorlikning boşqa qator masalalarini ham muhokama qilişdi. Uçraşuv yakunlari böyiça tegişli bayonnoma imzolandi.

















