Samarqand viloyat matbuot markazida «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi tomonidan 2017–2018 yillarning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik böyiça olib borilayotgan işlar yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda «Özbekenergo» AJ boşqaruvi raisi örinbosari Röziqul Rayimov jurnalistlarning muqobil energiya manbalarini joriy etiş va undan foydalaniş haqidagi savollariga javob berdi.
«Prezidentimizning muqobil energetikani rivojlantiriş uçun dastlabki çoralari «Özbekenergo» AJ tarkibidan GESlarni alohida ajratib olgani böldi. Ular suv energetikasi sifatida faoliyat körsatadi. Çunki suvdan olinadigan elektr energiyaning tarifi bitta, issiqlik va boşqa elektr stansiyalarida işlab çiqariladiganlarniki boşqa. Agar bugun GESlardan 1000 MVt elektr energiyasi işlab çiqarayotgan bölsak, modernizatsiya natijasida kelgusi 3 yilda yana 700 MVt qöşiladi. Hozirgaça gidroenergetikaning uluşi suvning köp-kam bölişiga qarab 6–10 foiz atrofida, xolos. Farğonada bu narsa juda yaxşi yölga qöyilmoqda. Ular 500 taga yaqin kiçik GES barpo etişmoqçi.
Samarqandda ham bu borada işlar boşlangan. Xişrav GESda ham rekonstruksiya işlari ketmoqda», — dedi R.Rayimov.
«Quyoş energetikasi haqida gapiradigan bölsam, Prezidentimiz yaqin kunlarda bayonnoma imzolab berdi. Turkiya Respublikasiga taşrifi davomida 500 MVtlik quyoş elektr stansiyasi barpo etişga kelişildi. Hozirça 100 MVtlik stansiya bor. Bunday stansiyani barpo etiş katta pul turadi. Şuning uçun bu borada yetti emas, kerak bölsa yuz ölçab bir kesiş kerak. Prezident uşbu sohada kim yetakçi, kim eng yetuk mutaxassis bölsa, ana öşanga qildiramiz dedi. Turkiyalik mutaxassislar kelib, 500 MVtlik stansiya barpo etib, elektr energiyani xalqqa sotmoqçi», — deya jurnalistning savoliga javob qaytardi «Özbekenergo» mulozimi.
«Ha, Yevropa davlatlarida şamol energetikasining uluşi tobora ortib boryapti, — dedi R.Rayimov KUN.UZ tomonidan berilgan savolga javob bera turib. — Çunki ularda yoqilği yöq. Ekologlari kömir yoqişga, atrof-muhitni ifloslantirişga qöyib bermaydi. Ayrimlarda şu qazilma boyliklar ham yöq. Çetdan xarid qilişadi. Masalan, özimizda ham kuniga 20 ming tonna kömir yoqamiz. Buni vagonlarga (50 tonnadan) bölsangiz hajm qançalik ekanligini bilib olasiz.
Ular izlanişga majbur. Xususan, Germaniyada atom elektr stansiyalari ham bor, ularni ham yaqin yillarda tugatişmoqçi.
Yurtimizda bu borada ham izlanişlar olib borilmoqda. Generatorlardan bittasini olib kelib Burçmullaga qöydik. Hamma kördi. Şamol köp böladi deyilgan Bekobodga ham örnatdik. Navoiy kon-metallurgiya kombinati yaqinida ham barpo etdik. Birortasi risoladagidek işlamayapti, töğrisi. Şamolning kuçi yetmas ekan. Söngra tahlil qilib çiqdik. Şunday şamol stansiyalari örnatişga izn beradigan hududlar bor ekan. Qoraqalpoğiston Respublikasidan Miskin yönalişi böylab Uçquduq şahrigaça bölgan hududda yetarli şamol yöli borligi aniqlandi. Agar şu yönaliş böylab şamol generatorlari örnatiladigan bölsa, kelajakda Özbekistonni ta'minlaydigan elektr energiyasini şamolning özidan olib qöyamiz.

















