Qozoğiston parlamenti senati raisi Qosim-Jömard Tokayev Qirğizistonning öz lavozimini tark etgan sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga “soğayib ketişni” tiladi. Tokayevning Twitter’da yozişiça, Atamboyev bilan hammasi "tuşunarli".
"Vikiliksda AQŞ elçisi Yangning turkiyalik şifokorlar ma'lumotlariga tayangan xabari e'lon qilindi. Unda Atamboyevning ruhiy kasalligi va alkogolga mukkasidan ketgani aytiladi, bu paranoyyani yanada çuqurlaştiradi. Şunda hammasi tuşunarli böladi! Unga soğayib ketişdan boşqa tilak yöq", - deya yozdi Tokayev.
15 noyabr kuni Atamboyev Ostona böyiça avval bergan bayonotlari uçun uzr söraş niyatida emasligini ma'lum qildi. Tokayev öşa kuni keçqurun twit-xabar e'lon qilib, Atamboyevning sözlarini “irkit hujumlarga ega asabiy nutq” deb atadi. Keyinçalik Qozoğiston parlamenti majlisi spikeri Atamboyevning bayonotlari “siyosiy boadablik qoidalariga töğri kelmasligini” ma'lum qildi.

















