Samarqand viloyatida 2017 yilgi hosil yiğiştirib oliş mavsumi muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan Samarqand şahri yaqinidagi eşkak eşiş kanali yaqinida katta hosil bayrami — xalq sayli ötkazildi.
Hosil bayrami kun böyi davom etdi va uning keçki dasturida viloyat hokimi Turobjon Jörayev fermerlar va dehqonlarga yil böyi qilingan samarali mehnat uçun minnatdorçilik bildirib tabrik yöllar ekan, kelgusida viloyatda amalga oşiriladigan bunyodkorlik işlari haqida qisqaça ma'lumot berdi.
«Hosil bayramining bugun ertalab ötkazilgan joyi — eşkak eşiş kanali hududida 1660 gektar yerda Samarqand şahrining butunlay yangi markazi, aqlli Samarqand Siti şaharçasi qurilişi rejalaştirilgan. Eşkak eşiş kanali hududida Osiyo öyinlari darajasidagi xalqaro sport turnirlarini bemalol qabul qila oladigan Olimpiya şaharçasi ham bunyod etiladi.
Viloyatda ziyoratçilik turizmini rivojlantiriş uçun ham keng qamrovli loyihalar işlab çiqilgan. Xususan, Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy majmuasi atrofida 27 ta 7 qavatli mehmonxonalar bunyod etiladi va butun dunyodan keladigan ziyoratçilarni qabul qiliş uçun şaroit hozirlanadi», — dedi T.Jörayev.
















