Bugun, 26 noyabr kuni Rossiyaning Beloyarskiy şahrida boks böyiça «Neft mamlakatlari kubogi» final janglari bölib ötdi. Unda Özbekiston terma jamoasining 4 boksçisi ringga kötarildi. 

Özbekiston terma jamoasining sönggi boksçisi -91kg vazn toifasidagi Sanjar Tursunov rossiyalik sportçi Vasiliy Zveryanga qarşi ringga kötarildi. 

Uç raund yakuniga köra, hakamlarning yakdil qarori bilan Sanjar Tursunov raqibiga imkoniyatni boy bergani qayd etildi va u musobaqaning kumuş medalini qölga kiritdi. 

Eslatib ötamiz, bungaça yangi vaznda iştirok etgan Hasanboy Dösmatov uşbu xalqaro turnirning -52 kg vaznida oltin medalni qölga kiritgan bölsa, Iqboljon Xoldorov va Isroil Madrimov kumuş medal bilan kifoyalangandi.