Zimbabvening sobiq moliya va iqtisodiy rivojlaniş vaziri Ignasius Çombo korrupsiyada ayblanib, 25 noyabrda sud oldida javob berişni boşladi. Reuters axborot agentligining ma'lum qilişiça, bu Çomboning ötgan haftada harbiylar tomondan hibsga olinganidan keyin omma oldida ilk köriniş berişidir.
Çomboning advokati Lavmor Madxukuning aytişiça, Çombo hibsda uşlab turilganda kaltaklaniş natijasida olgan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqazilgan. Advokatning ta'kidlaşiça, Çombo vazir bölganda korrupsiyada va öz vakolatlarini suiste'mol qilişda ayblanmoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Çombo mamlakatning sobiq prezidenti, 93 yoşli Robert Mugabening rafiqasi Greysning safdoşlaridan biri bölgan. Greys Mugabe mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Emmerson Mnangagvaning siyosiy raqibi bölgan.













