KUN.UZ tahririyatiga «Özbekneftegaz» aksiyadorlik jamiyati muassisligida taşkil etilgan Chigil Neft Gaz MÇJ işçi xodimlari nomidan murojaat kelib tuşgan edi. Unda mazkur firma 340 ga yaqin işçi xizmatçiga 9-10 oydan beri oylik iş haqini bermayotgani haqida ma'lum qilingan.

KUN.UZ muxbiri mazkur masalani örganiş maqsadida 24 oktabr kuni Qarşi şahriga xizmat safari uyuştirdi. Şundan söng, «Özbekneftegaz» muassisligidagi firma işçilari 10 oydan beri maoş olmadi” nomli maqola e'lon qilingan edi. 

Maqolada «Özbekneftegaz» AJga qaraşli Chigil Neft Gaz MÇJni “Şörtanneftgaz” MÇJ tarkibiga qöşiş haqida buyruq çiqarilgani, Chigil Neft Gaz'ning 284 mlrd sömlik texnika va uskunalari «Özbekneftegaz» körsatmasi bilan qonunçilikda belgilangan tartibga rioya qilinmagan holda oldindan ma'lum bir foiz tölov amalga oşirilmasa ham «Özbekneftegaz» AJ tarkibidagi «Özburneftgaz» AJga berib yuborilgani, ulardan qurilmalar uçun atigi 5-6 mlrd söm olingani, 300 dan ortiq işçi-xizmatçilarga maoş berilmayotgani va boşqa masalalar xususida bong urilgan edi.  

Tahririyat muxbiri Chigil Neft Gaz MÇJning “Şörtanneftgaz” MÇJga qöşiliş jarayoni qanday ketayotgani, qaysi bosqiçda ekani, işçilarning iş haqlari bilan boğliq muammo qanday hal etilayotgani bilan boğliq masala qay darajada hal etilayotganini söraş maqsadida “Şörtanneftgaz” MÇJ direktori Şokir Jabborov bilan telefon orqali boğlandi. Afsuski, muxbir özini taniştirganidan söng, dastavval özining “Şörtanneftgaz” MÇJ direktori ekanini tasdiqlagan Şokir Jabborov murojaat mohiyatini anglaganidan söng, göşakni qöydi va u bilan qayta boğlanişning imkoni bölmadi. 

Şundan keyin Chigil Neft Gaz MÇJ direktori Salimxöja Amanov bilan boğlandik. Uning ma'lum qilişiça, ayni vaqtda MÇJning “Şörtanneftgaz” MÇJ tarkibiga qöşilişi böyiça amaliy işlar tez sur'atlarda olib borilmoqda. “Şörtanneftgaz” MÇJ mazkur jarayon yakunlamagunça, huquqiy jihatdan Chigil Neft Gaz işçi-xizmatçilariga biror körinişda bölsin maoş tölay olmaydi. Amanovning aytişiça, tugatilayotgan mas'uliyati çeklangan jamiyati işçilarining heç biri, şu jumladan, özi ham bir neça oylardan beri maoşni töliq olgani yöq. Faqatgina, 5-6 nafar işçiga, MIB tomonidan order kelgani sababli maoşlari töliq tölab berilgan, xolos.