Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni «Paxtaçilik tarmoğini boşqariş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorini imzoladi.
Hujjatda paxtaçilik tarmoğidagi işlarning haqiqiy ahvoli işlab çiqariş jarayonlarini tezkor yangilaş va modernizatsiya qiliş, ilğor texnologiyalar va korporativ boşqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etiş, umuman tarmoqning jadal rivojlanişiga tösiq bölayotgan tizimli muammo va kamçiliklar mavjudligidan dalolat berişi qayd etib ötilgan.
Qarorga muvofiq «Özpaxtasanoat» va «Özpaxtaeksport» aksiyadorlik jamiyatlarini birlaştiriş, şuningdek, «Özpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasini tugatiş asosida paxtaçilik tarmoği uçun mas'ul bölgan yagona taşkilot – «Özpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati taşkil etildi. Yoğ-moy tarmoğini rivojlantirişning maqbul yöllarini belgilab oliş maqsadida «Özpaxtayoğ» aksiyadorlik jamiyati uşbu tizimdan ajratib çiqarildi.
Yangi taşkil qilingan «Özpaxtasanoat» AJga qayta taşkil etilgan kompaniyalarning mol-mulklari, ularning davlat uluşlari, huquq va majburiyatlari bilan birga ötkazildi. «Özpaxtasanoat» AJ tarkibiga kiruvçi korxonalarning miqdori va ştatlar soni optimallaştirildi, şu bilan birga mavjud resurslardan yanada oqilona foydalaniş böyiça qöşimça takliflar tayyorlanadi.
Qaror bilan paxtaçilik tarmoğida işlab çiqariş jarayonlarini yanada yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.
Xususan, paxta xom aşyosini qabul qiliş, töldiriş, saqlaş va qayta işlaşning texnik vositalari va uslublari yaxşilanadi. Paxta tozalaş korxonalari zamonaviy ölçov vositalari, laboratoriya uskunalari, paxta xom aşyosini qabul qilişda inson omilining rolini pasaytiradigan eng yangi axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.
Masalan, paxta tolasini paxta tozalaş korxonasidan terminalga jönatişda uni ajratiş tizimining mavjud emasligi sifat jihatdan turli xil mahsulotlarning yetkazib berilişiga sabab böladi, bu esa iste'molçilarning e'tirozlarini keltirib çiqaradi. Şu munosabat bilan, sifatni baholaşning instrumental tizimlaridagi sinov natijalari asosida paxta tolasi toyining sifat körsatkiçlari böyiça paxta tolasini ketma-ketlikda raqamlaş va ajratiş tizimi joriy etiladi. Şu bilan mahsulotni hisobga olişning xalqaro uslublari amalga kiritiladi, paxta sifatini aniqlaşga nisbatan sub'yektiv, asossiz yondaşuv istisno qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Sifat» paxta tolasini sertifikatlaş markazining «Özstandart» agentligi tuzilmasiga ötkazilganligi boşqa muhim özgarişlardan böldi. Hozirgi kunga qadar 1,2 ming nafardan ortiq xodimi bölgan «Sifat» markazi va 1,5 ming nafar xodimga ega «Özstandart» agentligi özaro öxşaş faoliyatni taşkiliy böysunuvsiz, mustaqil ravişda amalga oşirib kelgan. Standartlaştiriş sohasida takroriylikning bartaraf etilişi paxta tolasi, paxta linti va texnik çigit kabi mahsulotlarni işlab çiqariş normativlari va talablariga sözsiz rioya etilişini ta'minlaydi.

















