27 noyabr kuni «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Uşbu qarorga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosarlari, hukumat apparati tarkibiy bölinmalari rahbarlarining samarali va natijali işini ta'minlaş, ularning şaxsiy mas'uliyatini kuçaytiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi tuzilmasi qayta şakllantirilib, yangi komplekslar va vazirlik taşkil etildi.
Qarorga binoan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantiriş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş, turizm masalalari kompleksi, Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Ta'lim, soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarlari lavozimlari kiritildi (Bu kompleks şu vaqtgaça boş vazir tasarrufida bölgan Soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti hamda Madaniyat, san'at va turizmni rivojlantiriş masalalari axborot-tahlil departamenti örnida yuzaga keldi).
Şuningdek, Özbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlantiriş vazirligi taşkil etildi.
Nodir Otajonov va Zoyir Mirzayev rahbarlik qilayotgan komplekslar nomi, mos ravişda, Taşqi savdo faoliyati, eksport salohiyati, maşinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta işlaş va yengil sanoatni rivojlantiriş, mahsulotlarni standartlaştiriş masalalari kompleksi hamda Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş masalalari kompleksi deb özgartirildi. Birinçi örinbosar Oçilboy Ramatov, örinbosarlar Alişer Sultonov va Tanzila Norboyevaning vazifalari özgarmagan.
Quyida bu özgarişlardan keyingi yangilangan hukumat tarkibi bilan tanişiş mumkin. Endi hukumatda sakkiz nafar boş vazir örinbosari bor.
Vazirlar Mahkamasining şaxsiy tarkibi

Abdulla Niğmatoviç ARIPOV
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri























