Birgina daraxt bir yilda 120 litr kislorod işlab çiqaradi. Bu 4 kişidan iborat oilani toza havo bilan ta'minlaş uçun yetarli... Kördingizmi, hatto oddiy daraxtlar ham ajoyib bölişi mumkin, Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan daraxtlar haqida-ku qança gapirsak, arziydi! Don'tPanic har birini haqiqiy san'at asarlariga tenglaştiriş mumkin bölgan daraxtlar haqidagi ma'lumotlar va suratlar bilan bölişdi.

Foto: Qamoq-daraxt

Qamoq-daraxt

Aslida bu bor-yöği Ğarbiy Avstraliyaning Derbi qişloği yaqinida ösuvçi ulkan baobabdir. Bu ulkan baobab tanasining diametri - 14 metr. XX asr boşlarida mahalliy politsiyaçilar daraxt tanasida katta ğovak yasab, öşa yerda jinoyatçilarni saqlaşgan.

Foto: Dratsena

Dratsena

Qadimiy hind afsonasida aytilişiça, qaçonlardir Sokotra orolida fil qonini içuvçi ajdar yaşagan ekan. Bir kuni qabilaning katta va kuçli yetakçisi ajdarni mağlub qilibdi va uning içidan içgan barça qoni sizib çiqib, atrofga tarqalibdi - şu joylarda dratsenalar nomini olgan ğaroyib daraxtlar ösib çiqibdi. Dratsenani faqatgina Sokotrada uçratiş mumkin, ular nima uçundir boşqa yerlarda ösmaydi.

Foto: Jabotikaba

Jabotikaba

Tropik kengliklarda Mirtalar oilasiga mansub bu ösimlikni hosildor daraxt sifatida e'zozlaşadi. Jabotikaba mevalari daraxt tanasining özida ösadi! Şunisi qiziqki, Braziliyada uning mevalaridan ajoyib qizil vino tayyorlaşadi.

Foto: Pennatiya Beylisa