Sobiq Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Rustam Sobiroviç Qosimov Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi etib tayinlandi.
Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, Rustam Qosimov prezident devonida Fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça sektorga boşçilik qiladi.
Rustam Qosimov şu yil boşidan buyon Davlat boşqaruvi akademiyasi rektori, kadrlar böyiça davlat maslahatçisi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.
U yangi lavozimda Ahmadxöja Niğmanoviç Yunusxöjayev örnini egalladi.
Fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari xizmati:
ta'limning uzluksizligini ta'minlaşga va yuqori malakali kadrlar tayyorlaşga qaratilgan ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini şakllantiriş va amalga oşiriş böyiça takliflarni işlab çiqadi, Kadrlar tayyorlaş milliy dasturini amalda samarali ijro etilişi böyiça işlarni taşkil qiladi;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş vazifalari, zamonaviy fan yutuqlarini hisobga olgan holda ilm-fanni rivojlantiriş va ilmiy-texnik taraqqiyotning ustuvor yönalişlarini şakllantiriş böyiça takliflar işlab çiqadi, ilmiy-tadqiqot işlari natijalarini iqtisodiyot, ijtimoiy, ta'lim va boşqa amaliy faoliyat sohalariga joriy qilişni kengaytiriş, ilmiy kadrlarni tayyorlaş va attestatsiyadan ötkaziş tizimini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirilişini ta'minlaydi;
soğliqni saqlaş va sport sohasini rivojlantiriş, aholi salomatligini saqlaş va yaxşilaş, soğlom avlodni tarbiyalaş, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini keng ommalaştiriş, Olimpiya öyinlarida, jahon birinçiliklarida, Osiyo çempionatlarida, xalqaro musobaqalarda Özbekiston terma jamoalari sportçilarining natijadorligini oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiradi.
Biroz oldinroq Iqtisodiyot vaziri lavozimidan ketgan Galina Saidova ham prezident devoniga ötgan. U prezident davlat maslahatçisi örinbosari etib tayinlangan.
Şuningdek, sobiq Taşqi savdo vaziri Elyor Ğaniyev ham prezident devoniga sektor boşliği etib tayinlangan.
















