Özbekiston Respublikasi prezidenti maslahatçisi Rustam Qosimov va boş vazir örinbosari Elyor Ğaniyev boşçiligidagi delegatsiya 2019 yil 19-21 dekabr kunlari Malayziyaga taşrif buyuradi.
Mamlakatning Malayziyadagi elçixonasi bergan ma'lumotga köra, taşrif çoğida Özbekiston delegatsiyasi «Milliy suverenitetni qölga kiritişda taraqqiyotning roli» mavzusidagi Kuala-Lumpur sammitida iştirok etadi.
Sammit 2014 yildan beri mamlakat yetakçilari, turli davlatlarning jamoatçilik, işbilarmonlik, akademik va ilmiy doiralari vakillarining musulmon olami oldida turgan tahdidlarni bartaraf etiş böyiça fikr-mulohaza va ilğor tajribalarni almaşiş hamda islom tamaddunini qayta tiklaşning eng yaxşi yöllarini izlab topiş böyiça hamkorlik maydoni sifatida ötkazib kelinmoqda.
Malayziya boş vaziri Mahathir Mohammad sammitning raisi hisoblanadi.
Tadbir işida Osiyo va Yaqin Şarqning davlat va hukumat rahbarlari hamda boşqa mamlakatlar hukumatlarining yuqori mansabdorlari iştirok etişi rejalaştirilmoqda.
Özbekiston delegatsiyasi taşrifi dasturida Kuala-Lumpur şahrida qator vazirlik va idoralar, Malayziyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiliş maqsadida uçraşuvlar ötkaziş ham közda tutilgan.
Özbekiston Xalqaro islom akademiyasining Malayziyaning qator yetakçi islom universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan amaliy hamkorligi töğrisida bitim imzolaş ham rejalaştirilgan.
















