Şarq ayoli, xususan özbek ayolining şaklu şamoyili, siyrati, ma'naviy olamining şakllanişida islom dinining ta'siri beqiyos. Oila boşliği bölgan erkakka hurmat, şarm-hayo, andişa, itoatkorlik, sabr va matonat barça davrlarda özbek ayolining muhim xislati sanalgan. Hozirgi global özgarişlar, ma'naviy qadriyatlar evriliş davrida jamiyat negizi bölgan oila mustahkamligini oqila va dono ayollarsiz tasavvur etib bölmaydi.

Ayol — oila asosini saqlovçi Vatanimiz kelajagi, millatimiz ertasi va taraqqiyotini belgilab beruvçi kuç — yoşlarning boş tarbiyaçisi. Binobarin, jamiyatimizda özining xulq-atvori, ongi va tafakkuri, fahm-farosati, aql-zakovati hamda didi bilan boşqalarga namuna bölib kelayotgan ayollar köp. Ammo ular orasida ayol degan buyuk nomga doğ tuşirayotgan va uning şa'ni toptalişiga sabab bölayotganlar ham, afsuski topiladi. Ayniqsa, islom dinini niqob qilib, özlarining turli ğarazlarini amalga oşirişni maqsad qilgan diniy-ekstremistik va terrorçi guruhlarning puç da'volariga aldanib qolayotgan ayrim ayollar muqaddas dinimizga turli tuhmat toşlari otilişiga sabab bölmoqdalar. Islom dinini öziga niqob qilib olib undan qurol sifatida foydalanayotgan ekstremistik taşkilotlar öz faoliyatlariga maqsadli tarzda ayollarni jalb etib, terrorçilik harakatlarini amalga oşirişda ulardan "tirik bomba" sifatida foydalanmoqda.

Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan diniy ekstremistik oqimlarning aksariyati inson şaxsiyati uçun xavfli hisoblanuvçi terroristik xarakterga ega.

Bu turdagi oqimlar inson irodasiga bosim ötkaziş, uning tafakkuri, hissiyoti va xulq-atvorini nazorat qiliş maqsadida kişilar ongiga ruhiy ta'sir ötkaziş uslublari majmuidan ustamonlik bilan foydalanişadi:

  • "Oz-ozdan" texnologiyasi — yollanayotgan ayolni qilinayotgan kiçik iltimoslar orqali jiddiy yonbosişga majbur qiliş. Masalan, namozga faqat birgalikda boriş, dam oliş kunlarini birgalikda ötkaziş, haftada bir kun keçqurunlari diniy adabiyot öqiş, jamoaviy majlislarda qatnaşiş kabi "iltimos"lar.
  • Doimiy tarzda "miya yuviş" faoliyati amalga oşiriladi. Jalb etilayotgan ayolga, taşkilot ğoyalarini amalga oşiriş uning şaxsiy va jamiyatdagi muammolarini hal etişning eng maqbul yöli, degan ğoya tinmay uqtiriladi.
  • Jamoaviy ta'sir. Yangi a'zo ayol jamoa tomonidan yagona ğoyaga yönaltirilgan fikrlar bilan "kömib" taşlanadi, öylaş va fikrlaşga imkon qoldirilmaydi.
  • E'tiroz bildiriş yoki bahslaşiş imkoni qoldirilmaydi. Öz fikrlari bilan yolğiz qoldirmaslik maqsadida jamoada yangi bölgan ayolga töxtovsiz ravişda yangidan-yangi ma'lumotlar beriladi.