Şu yilning 23-29 noyabr kunlari Buxoro şahrida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va viloyatlar terma jamoalarining 2000-yilda tuğilgan ösmirlar guruhlari örtasida Respublika çempionatida Sirdaryo viloyati terma jamoasi tarkibida yoşi kiçraytirilgan va qaydnomadan ötmagan futbolçi iştirok etayotgani ÖFF vakili tomonidan aniqlangan va Sirdaryo viloyati terma jamoasining barça natijalari bekor qilinib, musobaqadan çetlaştirilgan, deya xabar bermoqda taşkilot rasmiy sayti.
Buxoro şahrida ötkazilgan futbol böyiça Respublika çempionatida aniqlangan kamçiliklar, noxolislik, közböyamaçilik va mamlakatimizda bolalar va ösmirlar futbolini rivojiga töğanoq bölayotgan illatlarni kelgusida bartaraf etiş hamda musobaqada iştirok etuvçi jamoa rahbarlari va murabbiylarining mas'uliyatini oşiriş maqsadida Özbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning buyruği çiqdi.
Buyruqda Sirdaryo viloyati jamoasi musobaqada yoşi kiçraytirilgan hamda musobaqada iştirok etiş bayonnomasiga kiritilmagan futbolçilar bilan iştirok etgan holda, noxolislikka yöl qöygani, ma'lumotlarni qalbakilaştirgani sababli viloyat jamoasiga mas'ul bölgan şaxslar Jahongir Murodqosimov va Ahror Mirazimovlarni futboldan butunlay çetlaştiriş va ularga futbol faoliyati bilan şuğullaniş uçun berilgan litsenziya, sertifikatlarni bir umrga bekor qiliş yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasiga taqdimnoma kiritilişi aytib ötilgan.
Şuningdek, Sirdaryo viloyati futbol federatsiyasi aniqlangan faktlar yuzasidan tegişli mas'ullarga keskin çoralar körişi va körilgan çoralar töğrisida 3 kun muddatda Özbekiston futbol federatsiyasiga ma'lumot taqdim etişi belgilab qöyilgan.

















