Özbekistonda futbol akademiyalari özlari tarbiyalagan futbolçilarni sotiş orqali öz xarajatlarini qoplaşi va daromad olişi lozim, deb hisoblaydi ÖFA birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov. U bu haqda bugun, 19 fevral kuni Milliy olimpiya qömitasida bölib ötgan yiğilişda aytib ötgan.

«Iqtidorlarni tarbiyalaş orqali Özbekistonni futbol fabrikasiga aylantirişimiz lozim. Tarbiyalangan futbolçilarni sotiş orqali akademiyalar özini qoplaşi va daromad körişi kerak. Işlab topilgan mablağ orqali hududda futbolni yanada rivojlantiriş mumkin böladi. Biz birgalikda ana şu tizimni yaratib olişimiz lozim. Rejalar har bir viloyat uçun alohida işlab çiqiladi», – degan Ahmadjonovning sözlarini keltirmoqda qömita matbuot xizmati.

Foto: Milliy olimpiya qömitasi

Yiğilişda viloyat futbol federatsiyalari va futbol akademiyalari rahbarlari iştirok etgan hamda öz viloyatlarida futbolni ommalaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida ma'lumot berişgan. Şuningdek, majlisda akademiyalar faoliyatini rivojlantiriş, murabbiylar malakasini oşiriş, muxlislarni stadionga jalb qiliş va boşqa masalalar körib çiqilgan.

Foto: Milliy olimpiya qömitasi

«Futbol akademiyalari futbolçini 17 yoşgaça tarbiyalab, öqitib, unga futbol sir-asrorlarini örtagatadi. Keyinçalik bu futbolçi sotiladigan bölsa, akademiyalar bundan heç qanday manfaat körmaydi. Bu notöğri. Tarbiyalanuvçilar bilan tuziladigan şartnomalarda keyinçalik futbolçi sotiladigan bölsa, transfer narxidan ma'lum qismi uni tarbiyalagan akademiyaga tuşişi kerak. Bu pullar akademiya rivoji uçun sarflab boriladi. 

Şuningdek, bolalar futbolini rivojlantiriş, joylarda futbolni rivojlantiriş uçun ham har bir viloyat alohida reja tuzgan holda iş olib borişi kerak. Çunki har bir viloyatning öziga xos şaroiti bor. Mahallalarda futbol maydonlari qurilişi böyiça ham ÖFA Futbolni rivojlantiriş departamenti va «Mahalla» jamğarmasi bilan birgalikda iş olib boriş zarur», - degan Umid Ahmadjonovdan iqtibos keldirdi ÖFA rasmiy sayti.

Foto: Milliy olimpiya qömitasi