Ilk mavzu – bolalar futboli. Aniqroği, bolalar futbolining muammolari va holati emas, balki lokal holat va joy haqida lavha qilingan.
Katta yoşlilar bilişadiki, bolani futbolga 6–7 yoşdan beriş kerak, degan tuşunça mavjud. Biroq bolaga futbol sir-asrorlarini 3 yoşdanoq örgatiş mumkinligi köpçilik uçun yangilik bölsa kerak. Şu yoşdanoq bolakaylarni futbol maktabiga olib borib, töp bilan muomala qilişni örgatib boriş mumkin ekan.
«Pakhtakor Kids» bolalar futbol maktabi asosçilaridan biri, sobiq futbolçi Sergey Rekun bilan intervyu şu mavzuda ança qiziq jihatlarni oçib bergan.

«Maktabimiz oçilganiga 1 yilça bölib qoldi. Temur Yafarov va men bu maktab iş yurituvçilarimiz. «Paxtakor» klubi rahbariyatiga biz şunday maktab oçiş va klub akademiyasiga futbolçilarni yetkazib beriş taklifini berdik. Ular rozi bölişdi.
Bolalarni 3 yoşdan futbolga olib borsa böladi, ha. Futbol özgarmoqda. Yevropadan andoza olamiz, Rossiyada bolalar futboli va maktablar qanday iş yuritişini örganamiz. Zamon özgarmoqda, futbol jadallaşmoqda, yangiliklar kiritilmoqda. Biz ham şu yaxşi va yangi jihatlarni tatbiq qilişga urinyapmiz.
Eng yoş bolalarni örgatiş uçun birmunça boşqaçaroq yondaşuv lozim. Bu yoşda bolalar öyinqaroq bölişadi. Şuning uçun murabbiylar avvalo pedagog bölişlari lozim. Biz murabbiylar tanlaşda aynan sabrli, professional mutaxassislarga e'tibor qaratganmiz.

Va murabbiylar doimiy tarzda malakalarini oşirib turişadi, öz ustlarida işlaşadi. Murabbiylar – asosan sobiq futbolçilar. Kletskov, Tsoy, Purişkin, Yafarov va hokazo.
Deylik, siz öğlingizni maktabimizga olib keldingiz. Yoş bolakay Kletskov kim, Yafarov kim – tanimaydi. Kletskov Özbekistonning 6 karra çempioni ekani, qay klubda öynaganining unga farqi yöq, unga avvalo tayanç, suyanç kerak. Murabbiylarimiz uning uçun otadek bölişlari lozim.
Eng yoş guruhidagi bolakaylar bilan faqat futbol emas, turli öyinlar öynaşadi, maşğulotlardan söng ularda stimulni oşiriş uçun turli öyinçoqlar va Panini stikerlari bilan qiziqtiramiz. Bizga farzandini olib kelayotgan ota-ona uning soğlom, aqlli bölib ösişi, jarohat olmasligi, maşğulotlar jarayoni doim qiziq bölişi borasida işonçi komil böladi.





















