Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert»ga rasman direktor etib tayinlandi
2017 yil 4 dekabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida markaziy apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.Sayfullayev ishtirok etdi.
Madaniyat vazirligining 2017 yil 1 dekabrdagi buyrug‘iga asosan Odiljon Abdug‘aniyevich Abduqahhorov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi.
Odiljon Abduqahhorov mehnat faoliyatini “Kamolot” YoIH Namangan viloyat bo‘limi Kengashida boshlagan bo‘lib, keyinchalik Respublika “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi apparatining bir qancha mas'ul lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2012 yildan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi (sobiq -“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi) Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Kontsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i, 2017 yilning oktabr oyidan esa “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "O‘zbekkonsert" rahbariyatida o‘zgarish yuz bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:09 / 10.07.2026
Madaniyat vazirining barcha o‘rinbosarlari almashdi
10:54 / 12.03.2025
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi
20:46 / 19.07.2024
«O‘zbekkonsert» litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorga chora ko‘rdi
12:39 / 09.10.2023