Odessa oblasti sobiq gubernatori, gruziyalik siyosatçi Mixail Saakaşvili huquq-tartibot organlari tomonidan qölga olingaç uni tarafdorlari himoya qilib çiqişdi. U olib ketilayotgan mikroavtobus yölda uning tarafdorlari tomonidan tösilgan. Maxsus xizmatlar bilan töqnaşuvga kirişgan namoyişçilar uni ozod qilişgan.

Uşbu voqealar rivoji «112 Ukraina» telekanali tomonidan translyatsiya qilingan.

Qayd etilişiça, faollar avtomobilning oynalarini sindirişgan va ğildiraklarini işdan çiqarişgan. Ayni vaqtda Saakaşvili köçada yiğilganlar orasida nutq sözlamoqda. Muxolifatçi sifatida Saakaşvili Ukrainaning amaldagi prezidenti Petro Poroşenkoni ağdarib taşlaşga çaqirmoqda. 

Yiğilganlar «Ganba (şarmanda. — ukr.)», şuningdek, «Mişa, biz sen bilanmiz» kabi hayqiriqlarni aytişgan.

Bundan avvalgi xabarlarda davlat töntarişiga urinişni amalga oşirişda gumon qilinib qölga olingan Saakaşvili boşqarmaga yetkazilgani va u tergov qilinayotgani, unga 5 yillik qamoq jazosi tahdid qilayotgani haqida aytilgandi.