Kiyevdagi uyida qölga olingan Gruziyaning sobiq prezidenti va Odessa oblastining sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili ayblanayotgan moddaga köra, ayblanuvçiga 3 yildan 5 yilgaça qamoq jazosi tayinlaş közda tutilgan.
Bugun, 5 dekabr kuni ertalab Ukraina Xavfsizlik xizmati xodimlari Saakaşvilining kvartirasiga tintuv uçun kelişdi. Uni 3 dekbar kuni taşkillaştirilgan marşni moliyalaştirganlikda gumon qilişmoqda.
UXX xodimlari kvartiraga kelişganida Saakaşvili 8 qavatli bino tomiga çiqib oldi va özini pastga taşlaş bilan tahdid qildi. Keyinroq u qölga olindi va tergov uçun olib ketildi.
Xavfsizlik xizmatidagilar Saakaşvili Ukraina Jinoyat Kodeksining 256-moddasi 1-qismi (jinoiy taşkilot faoliyatida iştirok etiş va uning faoliyati haqidagi ma'lumotlarni yaşiriş) böyiça qölga olinganini ma'lum qilişdi. Bu modda uçun 3 yildan 5 yilgaça qamoq jazosi qöllanişi belgilangan.
Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan Saakaşvili 10 sentyar kuni tarafdorlari kömagida Polşadan kelib çegarani buzib ötgandi. Sud uni çegarani noqonuniy kesib ötişda ayblab, 130 dollar miqdorida jarimaga tortgandi.
Saakaşvili Gruziyani 2013 yil noyabrida, yangi prezident Georgiy Margvelaşvili lavozimiga kirişgaç, tark etgandi. Gruziya boş prokuraturasi uni bir neça jinoiy işda ayblagan.
Bundan avvalroq Ukrainadagi "Strana" naşri öz manbalariga asoslangan holda Ukraina hukumati Saakaşvilini mamlakatdan çiqarib yubormoqçiligi haqida xabar tarqatgandi. Saakaşvili esa Gruziyaga deportatsiya qilinişini imkonsiz deb hisoblaydi.
3 dekabr Kiyevda Mixail Saakaşvili va «Rux novyx sil» partiyasi taşabbusi bilan marş bölib ötgandi. Unda 2,5 ming kişi iştirok etdi. Faollar Ukraina prezidenti Petro Poroşenkoning iste'fosini talab qilişgandi.
Saakaşvili Poroşenkoni davlat duşmani deb atadi va Ukraina fuqarolarini mamlakatdagi oligarxlar diktaturasini ağdarib, uning örniga «örta sinf diktaturasini» örnatişga çaqirgandi.














