Belgiya prokuraturasi 5 dekabrda Kataloniyaning sobiq yetakçisi Karles Puçdemonning Ispaniyaga ekstraditsiyasi böyiça işni yopdi. Bu haqda Bryussel prokuraturasiga iqtibos keltirgan holda AFP ma'lum qildi.
Avvalroq, 5 dekabrda Ispaniya oliy sudi Puçdemon va Kataloniya hukumatining 4 nafar sobiq a'zosining hibsga olinişiga xalqaro orderni qaytarib olgani ma'lum bölgan.
Şu munosabat bilan Belgiya sudi Puçdemon va uning safdoşlarining Ispaniyaga topşirilişi öz dolzarbligini yöqotganligi qayd qilinadigan yangi yiğiliş ötkazadi. Uşbu sud yiğilişi sanasi hali belgilanmagan.
Ispaniya oliy sudining qarori sud saytida joylaştirilgan. Puçdemonning hibsga olinişiga order u Bryusselda bölganda Madriddagi milliy sud hay'atiga kelmagandan keyin 3 noyabrda berilgandi.













