Ukraina poytaxti Kiyevda ilk karşering xizmatini yölga qöyayotgan “Getmankar” kompaniyasi 30 ta Ravon R2 (Spark) avtomobilini sotib oldi. Bu haqda autoconsulting.com.ua xabar bermoqda.
Karşering avtomobillarni ijaraga olişning öziga xos turi bölib, u mobil dastur yordamida amalga oşiriladi. Maşinani topiş, oçiş va yopiş, ijara haqini tölaş uçun smartfon qöllanadi. Bu xizmatda mijoz maşinani belgilangan hudud içida istalgan joyda qoldirişi mumkin.

Ravon R2 avtomobili uşbu xizmat uçun zarur bölgan barça tekşiruvlardan ötib, qolgan markalarni ortda qoldirdi. “Getmankar” rahbari Taras Getmanskiyning aytişiça, dastlab uni maşinaning narxi va unga xizmat körsatiş qiymati jalb qilgan. Biroq maşina 4 oy ekspluatatsiya qilingandan keyin uning ölçamlari Kiyevning tirband köçalarida harakatlaniş va parkovka qiliş uçun ideal mos kelişi aniqlandi. Şuningdek, maşinada avtomat uzatmalar qutisi, konditsioner va oynakötargiçlarning borligi ham muhim rol öynagan.

Ravon’ning rasmiy dileri “TSM Inter-Avto” kompaniyasi Özbekistonning Ukrainadagi elçisi Alişer Abdualiyev va “Ukr-UzAvto” distribyutorlik kompaniyasi boş direktori Farhod Abdullayev iştirokida “Getmankar” karşering operatoriga 30 ta Ravon R2 avtomobilining kalitlarini topşirdi. Xizmat 2018 yil yanvardan rasman öz işini boşlaşigaça uning avtoparkida 100 ta maşina böladi. Getmanskiyning aytişiça, avtomobillar miqdorini har million kişiga 1000 taga yetkaziş kerak. Şunga köra, 3 mln lik aholiga ega Kiyevga 3 mingta maşina kerak böladi.

Ta'kidlanişiça, uşbu xizmatdan foydalaniş uçun haq tölaşning bir neça turi mavjud: minut böyiça 4,2 grivnadan 6 grivnagaça; soatbay xizmat uçun 50-60 grivna va kunbay 990 grivna. Har bir tarif yoqilği narxini öz içiga olgan.
















