Gruziya sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili mamlakat prezidenti Pyotr Poroşenkoni provokatsiyalarni töxtatişga çaqirdi. Bu Kiyevdagi Oliy rada yonida joylaşgan çodirlar lageriga noma'lum şaxslar hujum qilganidan söng yuz berdi.

«Men Poroşenkoga murojaat qilmoqçiman: sizga bu provokatsiyalar nega kerak? Hujum qilmang va odamlarni himoyalanişga majburlamang! Bu tinç aksiya! Sizni avvalgi holatlar nahotki heç narsaga örgatmadi?!» - deya yozgan siyosatçi Facebook’da.

Avvalroq Saakaşvili öz tarafdorlarining Rada oldidagi lageriga noma'lum şaxslar hujum qilgani haqida xabar berdi.

5 dekabr kuni Saakaşvili qölga olindi, biroq sobiq gubernator tarafdorlari uni huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlaridan «tortib olişdi», söng prezident impiçmentini talab qiliş uçun Kiyev markaziga yöl olişdi.