Ukraina boş prokuraturasi Odessa oblasti sobiq gubernatori, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşviliga qidiruv e'lon qildi. Bu haqda boş prokuror matbuot kotibi Larisa Sargan öz tvitterida ma'lum qilgan.
«Saakaşviliga qidiruv e'lon qilindi… Milliy politsiya va Ukraina Xavfsizlik xizmatlari operativ bölinmalariga tegişli körsatmalar berilgan», — degan Sargan.
Saakaşvili seşanba kuni öz uyida UXX xodimlari tomonidan jinoiy taşkilot faoliyatida iştirok etiş aybi bilan qölga olingandi. Ammo Saakaşvilining tarafdorlari uni qutqarişdi va ular bir bölib Kiyev markaziga prezident Poroşenko impiçmentini talab qiliş uçun yöl olişdi.
Boş prokuror Yuriy Lutsenko Saakaşvili Kiyevdagi aksiyalarni mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviçdan, şuningdek, uning tarafdori bölgan biznesmen Sergey Kurçenkodan pul olayotgani, bu harakatlar Ukrainada davlat töntarişi uyuştirişga qaratilganini ma'lum qildi. Saakaşvili barça ayblovlarni rad etmoqda.
Bundan avvalroq, Kiyevdagi Oliy Rada qarşisida paydo bölgan lagerda Saakaşvilini qidirayotgan politsiya bilan töqnaşuvlar boşlangani haqida xabar berilgandi.














