Ukraina boş prokurori Yuriy Lutsenko Mixail Saakaşviliga u köngilli ravişda Ukraina Xavfsizlik xizmatiga taslim bölişi uçun 24 soat muhlat berdi. Siyosatçi rasman qidiruvda ekani e'lon qilingan. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.
Aks holda huquq tartibot organlari xodimlari tegişli tartibda jazo belgilaşi aytilgan.
«24 soatdan keyin Ukraina huquq tartibot organlari Saakaşvili tergovga, keyin sudga kelişi uçun barça zarur çoralarni köradi», — degan Oliy Radada çiqiş qilgan Lutsenko.
Bugun, 5 dekabr kuni kuç tuzilmalari vakillari uning uyida tintuv ötkazdi va uşlab ketişga urindi. Ammo töplangan olomon siyosatçini ularning qölidan ozod etdi.
Şundan söng Saakaşvili ularga boşçilik qilib Rada binosi oldiga bordi va miting taşkil etdi.














