Internetda Mixail Saakaşvili Ukraina Xavfsizlik xizmati avtomobilidan qutqarib olinişi tasvirlangan video paydo böldi. Faollar Odessaning sobiq gubernatori olib ketilayotgan mikroavtobusni töxtatişgan va uning eşiklarini sindirib, siyosatçini olib çiqişgan.
Saakaşvili ozod etilgaç, tarafdorlari qurşovida Oliy Rada binosi tomon harakatlangan, uning maqsadi prezident Petro Poroşenkoning impiçmentini talab qilişdir.
Saakaşvili bugun Kiyevdagi uyida jinoiy taşkilot faoliyatida qatnaşganlikda ayblanib qölga olingandi. Ukraina boş prokuraturasi uşbu siyosatçi mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviçning puliga namoyişlar ötkazmoqda degan ayblovni ilgari surmoqda. Sobiq gubernator buning barçasi yolğon ekanini aytmoqda.
Boş prokuratura Saakaşviliga qidiruv e'lon qilgan va u taslim bölişi uçun 24 soat vaqt bergan. Lekin Saakaşvili yaşiringani yöq va tarafdorlari bilan mitinglar ötkazmoqda.














