Texnologiyalar olamidagi eng ta'sirchan va obro‘li insonlarga qo‘shni bo‘lishni xohlaysizmi? Buning uchun siz bor-yo‘g‘i 48 mln dollar sarflashingz kerak bo‘ladi. Amerikadagi eng qimmat pochta indekslarining 3/5 qismi aynan Kremniy vodiysi yaqinidagi badavlat kishilar istiqomat qiluvchi hudud hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda texnokrat magnatlar naqd pulga dabdabali uylarni xarid qiladi. 

Facebook va Google bosh qarorgohlaridan bir ko‘cha narida joylashgan hududdagi tarixiy uylar narxi ko‘pchilikning aqlini shoshirishi mumkin. Masalan, iyul oyida Kaliforniya shtati Vudsayd okrugi, Portol-roud, 1550 manzilida joylashgan uy 48 mln dollarga baholandi. Bu ayni shu binoning 2008 yilgi turg‘unlik davridagi qiymatidan 700 foiz ko‘p demakdir.
 
1915 yilda barpo etilgan qasr qachonlardir Adelaida Kirkbraydga tegishli bo‘lib, 2,8 gektar maydonni egallaydi. Uning o‘z ko‘li va otxonasi ham bor. Bugungi kunda bu uy Kremniy vodiysidagi eng qimmat uy hisoblanadi. Agent Per Bulyan nima uchun ushbu ko‘chmas mulk bunchalik qimmatligini izohladi. 

Foto: Business Insider

Umuman olganda Vudsayd — Kremniy vodiysining qishlog‘i bo‘lib, ko‘plab yillar mobaynida mazkur aholi punktida Stiv Jobs, Larri Ellison va Masayosi Son kabi magnatlar istiqomat qilgan.

Foto: Business Insider

Shunday qilib 48 mln dollar evaziga siz texnologiyalar olamidagi mashhur shaxslar bilan qo‘shni bo‘lishingiz mumkin. 

Foto: Business Insider

Canardia qasrini 2008 yilda noma'lum sarmoyador 6,1 mln dollarga xarid qilgan.

Foto: Business Insider

OAVda tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, ushbu binodan foydalanish uchun taqiq qo‘yilgan edi. Ammo Per Bulyanning aytishicha, bunday emas. Bir necha oila oilaviy trast orqali ko‘chmas mulkka egalik qilgan. Ularning bir necha nafari vafot etganidan so‘ng, bank bu uyni 2008 yilgi inqiroz vaqtida foydali narxga sota oldi.