Toşqinlar, qurğoqçilik va anomal issiq havo borgan sari keng tarqalayotgan şaroitda arxitektorlar va landşaft dizayni böyiça mutaxassislar yirik şaharlarning yangi iqlim şaroitlariga moslaşişining yangi usullarini taklif qilmoqdalar. Jumladan, Germaniya va Xitoyda yomğir suvini binolarni sovitiş uçun qöllaş strategiyasi ustida işlar olib borilmoqda.
Karlo Beker boşçiligidagi nemis arxitektorlari guruhi tomondan Berlin uçun taklif qilingan Sponge City (Gubka şahar) strategiyasi issiq havo va toşqinlarga qarşi kuraşda suv va ösimliklardan samaraliroq foydalanişni taklif qilmoqda. Tabiiy muhitda suv tuproqqa singib ketadi va ösimliklar tomondan söriladi, buğlangan qismi esa havoni sovitadi. Beton, oyna va pölatdan qurilgan şaharlarda esa hammasi özgaçadir: suv sementga singmaydi, drenaj tizimi orqali kanalizatsiyaga tuşib, oqib ketadi. Beton esa issiqlikni yutib, suvni şimmaydi.
Sponge City loyihasi buning aksini amalga oşiradi: u yomğir suvini saqlab, issiq havoda şaharni sovitiş uçun qöllaydi. Şu tariqa şaharda tabiiy siklga öxşaş jarayon amalga oşiriladi: bunda yomğir uylarning ösimliklar östiriladigan yaşil tomlari va fasadlariga singib ketadi yoki yöl çetidagi suv havzalariga tuşadi. “Suv biz uçun şahar taşqarisiga çiqarilmay, uning özida qolişi kerak bölgan resursdir”, deb aytmoqda Beker.
Yaşil tomning qalinligi taxminan 6-8 sm.ni taşkil qiladi, ortiqça nam pastga hovliga tuşadi. Bu yerda drenaj qalinligi 80 sm.ni taşkil qiladi. U namlikni gubka kabi şimib oladi, deb yozmoqda Clean Technica.
Şunga öxşaş texnologiya Xitoyning 30 ta şahri, jumladan, Şanxay, Uxan va Syamin şaharlarida toşqinlar va issiqqa qarşi kuraşda qöllanadi. Xitoy hukumati 2020 yilga kelib şaharlarning 80 foiz hududi yomğir suvining kamida 70 foizini şimib olişi va qöllaşiga umid bilddirmoqda. China Daily naşri ma'lumotlariga köra, bu maqsadlar uçun 12 mlrd dollar ajratilgan.
Yozda italiyalik muhandislar Xitoydagi ilk örmon-şahar qurilişi boşlanişini ma'lum qilişgandi. Lyuçjou şahri atrofida 40 mingta daraxt va millionga yaqin boşqa ösimliklar ekiladi. Bu ösimliklar har yili 10 ming tonna karbonat angidrid va 57 tonna zararli moddalarni yutib, 900 tonna kislorod çiqaradi.
















