Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yilgi prezident saylovida iştirok etişini ma'lum qildi.
Putin Nijniy Novgoroddagi Gorkiy avtomobil zavodi taşkil etilganiga 85 yil tölişi munosabati bilan ötkazilayotgan tadbirda çiqişi vaqtida bu haqda rasman ma'lum qildi.
«Men Rossiya Federatsiyasi prezidentligi uçun nomzodimni ilgari suraman. Bu haqda e'lon qiliş uçun bundan yaxşiroq vaqt va joy yöq edi.
Rossiya faqat oldinga yuradi va bunda unga heç kim tösiq böla olmaydi, heç kim töxtata olmaydi», — dedi Putin.
Bungaça Putin OAV tomonidan u navbatdagi prezidentlik saylovida qatnaşişi ehtimoli haqidagi savollarini oçiq qoldirib kelayotgandi.
Rossiyada saylovoldi kampaniyasi 2017 yilning 17 dekabrida boşlanadi. Ovoz beriş jarayoni 2018 yilning 18 martida bölib ötadi.
Agar Putin bu saylovda ğalaba qozonsa, törtinçi muddatga Rossiya prezidenti böladi va 2024 yilgaça şu lavozimda böladi.
Bungaça prezidentlik saylovida iştirok etiş istagi KPRF yetakçisi Gennadiy Zyuganov, LDPR yetakçisi Vladimir Jirinovskiy, «Yabloka» asosçisi Grigoriy Yavlinskiy, tadbirkorlar huquqlari himoyasi böyiça vakil Boris Titov hamda teleboşlovçi Kseniya Sobçak tomonidan bildirilgandi.

















