Qirğiziston va Qozoğiston prezidentlari Sooronbay Jeenbekov va Nursulton Nazarboyev örtasida telefon muloqoti ötkazildi. Bu haqda Akorda xabar tarqatdi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy dolzarb masalalarni muhokama etişgan.

Prezidentlar 2 dekabr kuni Ostonada imzolangan yöl xaritasiga amal qiliş muhimligini qayd etişgan.

Sooronbay Jeenbekov qozoğistonlik hamkasbiga çegaradagi qat'iy nazorat bekor qilingani uçun minnatdorçilik bildirgan.

Nursulton Nazarboyev va Sooronbay Jeenbekov kelgusidagi uçraşuv imkoniyatlari haqida ham gaplaşişgan. 

Telefon muloqoti Qirğiziston tomoni taşabbusi bilan taşkil etilgan.

Ikki davlat örtasidagi munosabatlar şu yilning oktabrida yomonlaşdi, 10 oktabr kuni çegaradagi vaziyat keskinlaşdi. Qozoğiston  fitosanitar nazoratni kuçaytirdi. Bunga Qirğizistonning avvalgi prezidenti Almazbek Atamboyev ketişidan oldin mamlakati blokada tuşişiga sabab böluvçi ayrim qadamlarni taşlagani sabab bölgandi. U Qozoğiston rahbariyatiga, xususan, Nursulton Nazarboyevga qator ayblovlar qöygandi. Hozirga qadar ham har kuni yuzlab yuk taşiş maşinalari çegarada uşlanib qolayotgandi.

Vaziyat ikki davlat rahbari uçraşuvidan keyin, 3 dekabrdan boşlab ijobiy tomonga özgardi.