Qozoğistonning yetakçisi aviataşuvçisi «Eyr Astana» Özbekistonga yönalişlar jadvalini kengaytirmoqda, deb xabar berdi «Kazinform» xalqaro yangiliklar agentligi.
Qozoğiston aviakompaniyasi rasmiy vakili Yevgeniya Krutovaning sözlariga köra, mavjud bölgan Olmaota-Toşkent hamda Ostona-Toşkent yönalişlaridan taşqari, kelasi yili Samarqand-Olmaota, Buxoro-Olmaota, Buxoro-Ostona muntazam reyslari yölga qöyiladi.
Bundan taşqari, yangi yönaliş Farğona vodiysi böyiça ham oçiladi: ayni damda uşbu maqsad tufayli Namangan, Andijon yoki Farğonadagi aeroportlardan biri aniqlanmoqda – bu infratuzilma, aeroport hamda servisning rivojlanişi darajasi böyiça amalga oşirilmoqda, deya aniqlik kiritgan aviataşuvçi vakili.

















