Internet-buyumlar va boşqa smart-texnologiyalarni joriy qiliş aqlli şaharlarning bölğusi muvaffaqiyati uçun buriliş nuqtasi böladi, deya işonç bilan ta'kidlaşmoqda ABI Research tahlilçilari, biroq buning uçun hukumat, biznes va fuqarolar bir-biri bilan hamkorlikda işlaşi zarur.

Urbanizatsiya natijasida yirik şaharlardagi aholi va biznes konsentratsiyasining ösişi şunga olib keladiki, aqlli şaharlar texnologiyalari va IoT, şering iqtisodiyoti bilan bir qatorda mavjud aktivlardan foydalanişni optimizatsiyalaş, samaradorlikning maksimallaşuvi va oxir-oqibat, yaşaş uçun yanada qulay muhit yaratişda asosiy omil bölib xizmat qiladi. Avtomatlaştiruv, sun'iy intellekt, sensorlar, data-şering va tahlil şaharlarga xarajatlarni kamaytiriş imkonini beradi, deyiladi Information Age taqdim etgan ma'ruzada. 

"Internet-buyumlar texnologiyalariga qurilgan aqlli şaharlar aholiga qanday işlaş, yaşaş va köngil yoziş ustida qayta öylaş imkonini beradi", - deydi API kompaniyasi menejyeri Rahim Bxatiya.

Tadqiqot mualliflari yaqin kelajakdagi aholisi 10 million kişidan iborat tipik aqlli şahar iqtisodining mutlaq salohiyatini hisoblab çiqişdi. Har bir şunday şaharda:
1.  Hukumat har yili asosan köçalarni yoritiş tizimi va aqlli binolar evaziga 4,95 milliard dollar tejaşi mumkin. Aqlli fonarlar ta'mirlaş va texnik xizmat körsatiş xarajatlarini 30 foizga qisqartiriş imkonini beradi.
2.  Biznesda nisbatan energosamarali yuk taşiş tizimi (dronlar, robotlar yoki boşqaruvçisiz yuk maşinalari) va aqlli fabrikalar hisobiga 14 milliard dollar tejaş imkoni paydo böladi. 
3.  Fuqarolarning özi esa intellektual hisoblagiçlar va mikroenergotarmoqlar, şuningdek gibrid ta'lim (odatiy va onlayn) tufayli kommunal xizmatlarda yiliga 26,69 milliard dollar tejaşlari mumkin böladi.

Biroq agar hukumat, biznes va fuqarolar özaro hamkorlikda işlamasa, aqlli şaharlar salohiyati amalga oşmay qoladi. Şunday bölgan taqdirda esa, begona öyinçilar yangi texnologiyalar yordamida osonlikça integratsiyalaşişi mumkin bölgan oçiq platformalar va bozorlar paydo böladi, deb yozadi InterDigital tadqiqot firmasi vitse-prezidenti Jim Nolan.