“Qandim” massivida o‘g‘rilikka qo‘l urgan bir guruh shaxslar aniqlandi
Buxoro shahrida yashovchi, “Inter-Injiniring” kompaniyasi xavfsizlik xizmati yetakchi mutaxassisi M.R. ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs Qorako‘l tumani, Dehqonobod MFY hududida joylashgan “Inter-Injiniring” kompaniyasining «Porsanko‘l» yangi ko‘prik qurilishi obektida bo‘lgan vagonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, vagonda bo‘lgan har birining bahosi 2.503.000 so‘mdan bo‘lgan jami 7.509.000 so‘mlik uch dona «Artel Montana ART-12 NM» rusumli konditsionerlarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan edi, deb xabar berdi KUN.UZ’ga Buxoro viloyati IIB.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni, 1991 yilda tug‘ilgan, Osiyo MFYda yashovchi, Qandim cho‘l massivida qurilish ishlarini olib borayotgan “Nukus grant qurilish” korxonasida ishlovchi A.G‘., 1994 yilda tug‘ilgan, Osiyo MFYda yashovchi, Qandim cho‘l massividagi “Inter-Injinering” kompaniyasida xavfsizlik xizmati xodimi Sh.Ya., 1991 yilda tug‘ilgan, Osiyo MFYda yashovchi, yakka tartibda ishlaydigan R.T. hamda 1980 yilda tug‘ilgan, Osiyo MFYda yashovchi, Yomonjar nasos stansiyasi ishchisi Q.B. sodir etganligi aniqlanib, ulardan o‘g‘irlangan uch dona «Artel Montana ART-12 NM» rusumli konditsionerlar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.G‘., Sh.Ya., R.T. hamda Q.B.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:39 / 21.11.2024
SSSR tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik: qatl etilgan amakivachchalar
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024