Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi arafasida Samarqand şahridagi 2- son oilaviy poliklinikaning 480 taşrifga möljallangan binosi 5,5 mlrd. söm mablağ evaziga Investitsiya dasturi doirasida rekonstruksiya qilinib, foydalanişga topşirildi.



Poliklinikaning oçiliş marosimida viloyat hokimi Turobjon Jörayev sözga çiqib, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan tibbiyot sohasiga qilayotgan e'tibor, tarmoqdagi islohotlar va yangi oilaviy poliklinikalar taşkil qiliş va unga tor soha mutaxassislari tarkibini muvofiqlaştiriş xususida gapirib ötdi.


Samarqand şahrining 37 ta mahallasida istiqomat qilayotgan 80 mingga yaqin aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat körsatiş maqsadida mazkur poliklinikada terapevt, pediatr, xirurg, akuşer-ginekolog, stomatolog, endokrinolog, LOR va UTT vraçi kabi tor soha şifokorlari tomonidan malakali tibbiy xizmat körsatilişi bilan bir qatorda 20 örinli kunduzgi statsionar, ijtimoiy dorixona, fitobar va fuqarolar elektron tibbiy karta bazasi hamda elektron navbat tizimi yölga qöyildi. Bundan taşqari, zamonaviy stomotologik kreslo, bioximik analizator bilan jihozlandi.



























