Xitoyning Guançjou şahrida Fortune Global Forum 2017 iqtisodiy forumi vaqtida 1180 ta dron yordamida yoruğlik şousi uyuştirildi. Forum taşkilotçilari xuddi şu şaharning özida fevralda örnatilgan rekordni yangilaşdi. Avvalgi rekordda mingta dron qöllangandi. 

Yangi rekordning qayd qilinişiga sababçi bölgan dronlarning umumiy oğirligi bir tonnaga yaqin kelgan. Dronlarni mahalliy startap eHang tomondan yaratilgan tizim orqali bir operator pultdan boşqargan. 

Barça dronlar sinxron ravişda işlagan. Agar birorta dron sinxronlikdan çetlaşsa va belgilangan balandlikka kötara olmasa, u şouga tösqinlik qilmay, yerga qaytgan. Mahalliy OAVning ta'kidlaşiça, operator tizimga kerakli ssenariyni kiritib, tugmani bosişi kifoya qilgan. Şundan keyin u tomoşabinlar bilan birga şouni kuzatib, zavqlana olişi mumkin bölgan.