Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda politsiyachi hamkasblarini o‘qqa tutdi
Hindistonning Zahiradagi politsiya markaziy kuchlari (ZPMK, aksilterror zvenosi) xodimi Chxattisgarx shtatidagi hamkasblariga qarata o‘q ochgan, natijada 4 kishi halok bo‘lgan. Indian Express shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Sant Sumar ismli politsiyachi ZPMKning 168-bataloni joylashgan Bijapur okrugidagi hamkablaridan biri bilan bahslashib qolgan. Shundan so‘ng hamkasblariga qarata tartibsiz o‘q uza boshlagan.
"Voqea natijasida 4 kishi halok bo‘lgan, 1 nafari yaralangan. Ularning bari vertolyotda evakuatsiya qilingan", - dedi mahalliy aksilterror bo‘limi vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘q uzgan politsiyachi qo‘lga olingan, hozirda so‘roq qilinmoqda.
Huquq-tartibot organlarining boshqa bir xodimi Indian Express bilan suhbatda hujum qilgan politsiyachining shaxsiy adovati bilan bog‘liq versiya dastlabki versiya hisoblanishini aytgan, haqiqat qaror topishi uchun izchil izlanish olib boriladi.
"ZPMK rahbariyati tergovni yakunlaganidan keyin ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lamiz. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, gap hamkasblar orasidagi kelishmovchilik haqida bormoqda", - dedi u.
Chxattisgarx shtati bosh vaziri Raman Singx, o‘z navbatida, ro‘y bergan voqeani qoralab, halok bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Mavzuga oid
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026