Rahbar – xalq dardi bilan yaşovçi, uning issiq-sovuğiga, oğir-yengiliga mas'ul şaxs. Agar u ta'lim sohasida bölsa, bu mas'uliyat yuz çandon ortadi. Xöş, joylarda aynan mana şu yönalişda nimalar bölyapti?
KUN.UZ tahririyatiga Andijon şahridagi 1-umumiy örta ta'lim maktabida mehnat qiluvçi bir guruh öqituvçilardan murojaat kelib tuşdi. Unda aytilişiça, maktab rahbariyatining nönoqligi va belgilangan standart qoidalari böyiça iş olib bormasligi mazkur dargohda ta'lim tizimining parokandalikka yuz tutişiga sabab bölmoqda. Uşbu masalaga oydinlik kiritiş maqsadida KUN.UZ muxbiri Andijon viloyatiga yöl oldi.
Ma'lum bölişiça, maktab direktori Olga Çen lavozimida işlab turgan paytda prokuratura xodimlari unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoiy Kodeksining 167-moddasi 2-qismi «b», «v», «g» bandlari, 205-moddasi 2-qismi «v» bandi, 209-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan ayblov e'lon qilib, jinoiy iş qözğatgan. Şundan söng, Olga Çen lavozimidan çetlatilgandi.
Ammo Andijon viloyati Xalq ta'limi boşqarmasi tomonidan, şahar hokimi Dilmurod Rahmatullayevning tavsiyasiga köra, Çenni yana maktab direktorligiga tayinlaş haqida buyruq çiqariladi. Vaziyatni örganib çiqqan Andijon şahar prokuraturasi viloyat xalq ta'limi boşqarmasining joriy yilning 17 iyul kuni qabul qilgan buyruğini bekor qiliş töğrisida protest kiritgan. 14 sentabrda şahar prokuraturasining taqdimnomasi asosida yuqorida qayd etib ötilgan buyruq bekor qilinadi.
Soddaroq qilib aytganda, noqonuniy buyruq asosida faoliyat yuritayotgan maktab direktori öz lavozimidan çetlaştirildi. Lekin iş şuning bilan yakunlanmay, Andijon viloyati Xalq ta'limi boşqarmasi boşliği Ravşan Ergaşev 1-umumiy örta ta'lim maktabi öquv-tarbiya işlari böyiça direktor örinbosariga maktabga yangi direktor tayinlanguniga qadar, barça hujjatlarga birinçi imzo qöyiş huquqi bilan vaqtinça direktor vazifasini bajarib turişni yuklaydi. Vaholanki, maktab direktori lavozimidan böşatilgan Olga Çen endilikda öquv-tarbiya işlari böyiça direktor örinbosariga aylanib, rahbarlik lavozimini yana qölga kiritişi mumkin edi. Voqea aynan şunday xotima topmoqda.
Davlat rahbari ham işni taşkil etiş va xalq uçun xizmat qiliş kerakligini ming bor takrorlamoqda, buni barça quyi rahbarlarga uqtirmoqda. Şuning barobarida otasi yoki yaqin qarindoşining aybi bilan yoş mutaxassisning kasbiy rivojlanişiga yöl qöyilmasligi, sudlangan, lekin aybiga iqror bölgan şaxslarni jamiyatga qaytarişga yordam beriş haqida söz yuritmoqda.
Bu gaplarning asl mohiyatiga yaxşi tuşunmagan Andijon şahar xalq ta'limi bölimi 1-umumiy örta ta'lim maktabiga yangi direktorni tayinlaşda örnatilgan tartibga köra, uçta nomzodni körsatişga şoşilmayapti. Sababi, bu lavozim hali vakant emas, ya'ni maktab direktorining böşatilgani haqida buyruq viloyatdan pastga tuşirilmagan. Ta'lim tizimida oddiy menejment qoidalarini örnata olmagan, davlat mol-mulkini talon-taroj qilib, öz mansabini suiste'mol qilgan direktor har qanday usul bilan lavozimini saqlab qolaveradimi?! Bu savol hanuzgaça oçiq qolmoqda...


















