«Tribuna» Angliya çempionatining 16-turi yakunlarini tahlil qiladi.

MANÇeSTeR DeRBISI

Ötgan yilning sentabrida «Mançester Yunayted» «Old Trafford»da «şaharlik»larga 1:2 hisobida mağlubiyatga uçragandi. Öşa öyindan keyin jamoa öz maydonida 40 öyin ötkazdi va biror marta ham mağlubiyatga uçramasdan, ajoyib seriya qayd etdi. Mana şu qirq öyinda heç qaysi jamoa «Mançester Yunayted» darvozasini ikki bor nişonga olişning uddasidan çiqa olmagandi. Bunga yana Mourino öz murabbiylik faoliyatida biror marta ham yakşanba kunga belgilangan uy uçraşuvida mağlubiyatga uçramaganini, «MYu» bu mavsumda öz maydonida yuz foizlik natija qayd etib turgan yagona jamoa bölganini ham e'tiborga olsak, «Mançester Siti» bir zarba bilan mezbonlarning bir qança seriyalariga barham bera olişganini aytişimiz mumkin.

Juda katta ahamiyat kasb etgan öyinda har uç gol ham himoyaçilarning qöpol xatolaridan söng kiritilgani biroz ğalati. Öyindan oldin Gvardiola raqib futbolçilarining jismoniy körsatkiçlariga e'tibor qaratgan va standart vaziyatlarda mezbonlarning ustunligini taxmin qilgandi.

Aksinça, «Siti» har ikki golni ham standart vaziyatdan söng kiritdi. Har ikki vaziyatda ham himoyaçilarga yordamga kelgan Romelu Lukaku töpni qaytarişda xatoga yöl qöydi va avvaliga, Silva, keyin esa, Otamendi yaqin masofadan darvozani işğol qilişdi.

Şu örinda, «Mançester Siti» ötgan turda ham «Vest Hem» ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozonganliklari va öşa öyinda ham gollarni aynan Otamendi va Silva kiritganini e'tirof etiş kerak.

Mezbonlarning yagona goli ham himoyaçilar xatosi mahsulidir. Fabian Delf jarima maydoniga yuqorilatib oşirilgan töpni darvozabonga beraman deb, töpga köngildagidek egalik qila olmadi va vaziyatni poylab turgan Markus Reşfordni Ederson qarşisida yolğiz qoldirdi.

Gollardan taşqari, öyin davomida Lukaku, Reşford, Bernardu Silva va Leroy Sane juda qulay imkoniyatlarga ega bölişdi, bu vaziyatlarda darvozabonlarning qöli baland keldi.

Şuningdek, Gabriyel Jyezus va Ander Erreraning öxşaş vaziyatda jarima maydonida yiqilib tuşişlari hakam tomonidan bee'tibor qoldirildi.

Endi «Mançester Siti» yaqin ta'qibçisidan 11 oçkolik farq bilan oldinga çiqib oldi – bu farq turdan-turga oşayotganini e'tiborga olsak, Pep Gvardiola şogirdlari çempionlikni faqat öz ayblari bilangina boy berib qöyişlari mumkin xolos.