Angliya Premer-ligasining 16-turi doirasida «Old Trafford»da «Mançester Yunayted» va «Mançester Siti» örtasida turning markaziy uçraşuvi bölib ötdi. Mançester derbisi Xosep Gvardiola jamoasining 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Şu tariqa, «Mançester Siti» APLda ğalabali seriyasini 14 uçraşuvga yetkazdi. Endi Xosep Gvardiola jamoasi APLning bir mavsumidagi ğalabali seriya rekordini yangiladi. Bungaça bir mavsumda qatorasiga 13 ğalaba «Arsenal» (2001/02 yilgi mavsum) va «Çelsi» (2016/17) tomonidan qayd etilgandi. 

«Arsenal» 2001/02 yilgi mavsumning oxirgi 13 öyinida qatorasiga 13 ğalabaga erişgandi, keyingi mavsumning birinçi turida ham ğalaba qozongaç, bu seriya 14 öyinga yetkazilgandi. «Siti» bu natijani takrorladi.

Derbidagi ğalabadan keyin «Mançester Siti» turnir jadvalida eng yaqin ta'qibçisi bölib turgan «Mançester Yunayted» bilan oradagi farqni 11 oçkoga yetkazgan. 

Joriy mavsumning 16 turida «Mançester Siti» 15 ğalabaga erişib, bir durang qayd etdi.