Angliya çempionati 16-turi doirasida keçgan «Mançester Yunayted» va «Mançester Siti» örtasidagi derbi uçraşuvdan keyin mojaro röy bergan. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatdi.

Xabar qilinişiça, mehmon jamoa futbolçilari «Old Trafford» stadioni kiyim almaştiriş xonasida ğalabani katta xursandçilik bilan nişonlaşi «Mançester Yunayted» murabbiyi Joze Mourinoga yoqmagan.

Şundan söng, Mourino bir neça futbolçisi bilan u yerga kirib, musiqa ovozini pasaytirişni va sekinroq bayram qilişni söragan. U «Siti» futbolçilarining bu harakatlarini jamoasiga nisbatan haqorat deb baholagan va u otgan sutli idiş mehmonlar jamoasi darvozaboni Edersonning boşiga borib tekkan. Darvozabon esa murabbiyga qarata portugal tilida qattiq gaplar gapirgan. Şundan keyin ommaviy muştlaşuv boşlanib ketgan. 

Manba ma'lumotiga köra, Xosep Gvardiolaning yordamçisi Mikel Arteta kiyim almaştiriş xonasini yuzi qonga böyalgan holda tark etgan. «Yunayted» futbolçilaridan Romelu Lukaku uşbu janjalda faollik körsatgan.

Daily Mail vaziyatni biroz boşqaçaroq yoritmoqda. Mourino matbuot anjumaniga borayotganida, darvozabon Edersonni uçratib qolgan. Portugaliyalik mutaxassis undan raqibni hurmat qilişni talab qilgan, şunda aytişuvga boşqa futbolçilar ham aralaşgan. Darhol kiçik tortişuv yuzaga kelgan. Futbolçilar bir-birini turta boşlagan. Şundan söng, mojaroga xavfsizlik xizmati xodimlari aralaşib, janjalkaşlarni ajratgan.

«Siti» vakillari gapiga köra, janjalga Joze Mourino sabab bölgan. U «şaharliklar» futbolçilariga qarata noloyiq sözlarni aytgan.

Eslatib ötamiz, uşbu derbi uçraşuvidan keyin «Mançester Siti» eng yaqin ta'qibçisi «MYu»ni turnir jadvalida 11 oçkoga ortda qoldira boşladi.